Oltmishga yaqinlashayapman–u haliyam kelinman…

0
122
marta koʻrilgan.

Xonamiz ikki xonadan iborat lyuks xona! Hamma sharoiti bor! Men yotgan xonaga oyim kirib kelsalar, sakrab turish odatim hech qolmadi…Kelinligimdan qolib ketgan…

Chunki onajonim kelin boʻlganimda: – Qaynonang uyingga kirsa yalpayib yotma, darrov turib salom bergin, juda katta odobsizlik yalpayib yotishing!– deb oʻrgatganlar!

Oʻzbekona  bu  holat: «Oʻtgan kunlar» filmida ham bor! Qaynonasi kirganida oʻlim toʻshagida yotgan Kumush bir boshini koʻtarib qoʻyadi turmoqchi boʻlib… Ana shu oʻzbek ayolining qiyofasi!

Bugun qaynona va kelinni munosabatini olib chiqib, odamlarni yuzini qotirayotgan seriallarni oʻrniga oʻzbekning mana shunday nozik tuygʻularini olib chiqqan yaxshi ekranga!

Onamning tarbiyasi tufayli qaynonam bilan biror marta urishmadim! Mehr-berang! U oʻzingizga qaytadi! Siz ham farzand tarbiyalayapsiz.

Oyijonimni juda yaxshi koʻraman! Oʻz onam 20 yil boqib tarbiyalagan boʻlsalar, qaynonam 40 yil mening yonida hayotdan dars berdilar, eng qiyin paytlarimda yonimda turdilar!

Toki qaynonangizga mehr bermas ekansiz, mehrni ham kutib oʻtirmang! Men har tong oyimni quchoqlab, yuzlaridan oʻpib: – Oʻzimni mehribonim, duoguyim, qanotim mening!-deb qoʻyaman! Erkalanib qoladilar! Mazza qilaman holatlarini koʻrib…Meni hammaga maqtab yuribdilar hozir ham…

Mabodo qaynonasi bilan urishib, arazlashib yurganlar boʻlsa tezda yarashib oling! Oʻgʻlida haqqi koʻp qaynonangizning, barokati boʻlmaydi eringizning, siz bu qiligʻingiz bilan eringizni barakasini toʻsib qoʻyasiz!

Dildora Hasanova, jurnalist

Tahririyatdan: Dildora Hasanova  haq! Mehr koʻrsatgan mehr koʻradi. Yer dumaloq, deydi xalqimiz. Yaʼni  kimki ne qilsa oʻziga qaytib keladi. Ezgulikka, yaxshilikka ne yetsin! Yaxshi soʻz jon ozigʻi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.