Ozoda BEKMURODOVA sheʼri: OPPOQ KUNLAR SOGʻINCHI…

0
800
views

Onam osmon edi,

Otam togʻ edi…

Yeru osmon sehrli  nurbogʻ edi.

Koʻzim koʻngil  edi,

Koʻnglim sogʻ edi,

Shodliklari tugamagan chogʻ edi.

Tunlar shukuh, zar aralash  tong edi,

Cheksizlikning chodirlari keng edi.

Oʻylamasdan oʻynab kulib chopardim,

Yorugʻ tushlarimning bari oʻng edi.

Volidamning  bagʻri mangu  bahorim,

Moychechaklar tabassumi baxt edi.

Ming aytilsa nigohlarning izhori

Bir qayrilib boqmaganim vaqt edi.

Fasllarning jami koʻklam lolazor,

Lahzalarning hech sanogʻi yoʻq edi,

Yulduzlarning shulʼasiga qarasam,

Malakmisol bir gunohim yoʻq edi.

Butun olam doʻstim edi, qadrdon,

Shodlik suvin sochar edi toʻrt tomon.

 

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here