OTA va ONALARga bolalarning muomala odabi xususida

0
249
marta koʻrilgan.

Ota-onang oʻtirgan tomning ustiga chiqma, deya oʻgit beriladi qadimiy kitoblarimizda, Nega-ki ota-ona tanlanmaydi. Ota-ona  Alloh taoloning yozmishi, iroda va ixtiyoridir! 

* Ota xonadonga tashrif buyurganda oʻrindan turib, joy boʻshatish lozim.

 * Ota bilan ketayotganda uning iznisiz undan oldin yurmaslik kerak.

* Ota farzand uchun biron narsa meros qoldirmasa ham, undan nomus qilinmaydi.

 * Ota bor uyda  oʻylanishga va maslahat solishga muhtoj boʻlinmaydi.

 * Ota yonida yoki u kirib kelganda yonboshlab yotilmaydi.

 * Ota uyda yoʻq boʻlib qolingan oʻrinda isteʼmol qilingan narsalardan alohida uning uchun olib qoʻyilishi fazilatdir.

 * Mansabli shaxs boʻlsang ham otang chaqirganda otingdan tushib, oldida hozir boʻlishga shoshil! Sen ish ustida mansablisan, otang ustida emas!

 * Otangning yonidagi solih kishilarga nisbatan samimiy va eʼtiborli boʻl!

 * Agar otang bu olamdan oʻtib ketsa doʻstlari bilan muomala-munosabatlaringni uzma!

Jannat onalarning oyogʻi ostidadir. Ota-onang tirik ekan  bu baxting, taxting, omading deydi xalqimiz. Bu gaplarda ulugʻvor hikmat bor. Chunki, ota ona tirik ekan ular oʻz farzandlarini tinimsiz duo qilib, ezgu-tilaklar tilab oʻtirishdan charchamaydilar. Duo-i fotihada esa gap koʻp. Xalqimiz  yomgʻir bilan yer, duo bilan el koʻkarar, degan matallari bejiz emas.

 * Hadyani avval onaga soʻngra  otaga berilishi mahbubdir.

* Hayot boʻlsalar ham, vafot topib ketgan boʻlsalar ham ularning haqlariga doimo duoda boʻlmoq goʻzal amallardandir.

* Onalarning yuzlariga tushgan ajinlar, qoʻllarining qadoqlari – sen  va aka-ukalaring, opa-singillaring sababli ekanligini bilgin!

* Senga bergan oq suti lutfu – xursandlik  bilandir, ammo sening unga bergan taoming baʼzida minnatli va ozorlidir. Shuning uchun bergan har-bir luqmang lutfli boʻlishi uchun  kamtarin boʻl!

* Onangga  har kuni koʻrinish ber, chunki uning seni koʻrishi sening unga minglagan xum tillolar tuhfa qilganingdan ortiqroqdir.

* Tirikligida bor imkoniyating ila unga tavozeʼli va shirin soʻzli boʻl, qachonki agar uni yoʻqotsang armondan xoli boʻlasan.

*Hayit kunlari bagʻringa bosib, uni quchgin! U seni har kuni quchib, hidlaringdan toʻyib-toʻyib zavq olganini esingdan chiqarmagin!

gujum. uz

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.