QADR KEChASI-Qurʼon nozil boʻla boshlagan kechada azizlar, toqatingiz yetganicha zikrlar qiling. Qurʼon tilovati bilan band boʻling. Oʻzingiz, oilangiz, yurtingiz va barcha ummat uchun xayrli duolaringizning ijobatini soʻrang. Tavba va istigʻfor aytishga eʼtibor bering.
ALLOHIM! Hayotimizni oʻzing yaratgan goʻzal gullardek bezagin, dillarimizni nurafshon aylagin. Yostigʻim joynamoz, uyqum namoz, har nafasim zikr boʻlsin!
ALLOHIM! Har nafasda tilimni zikrdan, qalbimni shukrdan va aqlimni fikrdan ayirma.
ALLOHIM! Boshimdan oyogʻim va qoʻlim barmogʻi uchiga qadar, yoshligimdan bugunimga qadar, hayotimdan mamotimga qadar barcha gunohlarim uchun tavba qildim!
ALLOHIM! Oʻlim haqdir, Azroil alayhis salomni menga tabassum ila yuzlantir! Koʻzim nurini, aqlim shuurini, qoʻl va oyogʻim kuchini, butun vujudim quvvatini olib qoʻyma.
ALLOHIM! Nazarim ibodat, sukutim tafakkur, soʻzlarim zikr boʻlsin! Bizni oʻz nafsimizga tashlab qoʻyma.
ALLOHIM! Onadan tugʻilgandek pok holda Senga yuzlanishimiz uchun Oʻzingga iltijo qilamiz. Bizlarni solih qullaringdan ayla! Amal daftarimizda savobi toʻxtamaydigan amallardan yozilishini nasib et! Jannatingga daxl ayla. Oʻzing koʻmak ber!
ALLOHIM! Oilamga yomonlik istaganlarga Oʻzing kifoya qil! Pastkash, nomardlardan bizni uzoq tut!
ALLOHIM! Gunohlari avf etilgan siddiqlardan boʻlishimizni nasib et! Bizni siddiqlarning suhbatiga, zikr xalqalariga vosil ayla!
ALLOHIM! Ota-onamni Oʻzing avf et! Ustozlarimni rahmatingga noil ayla! Qabrda yuzimni qaro qilib qoʻyma.
ALLOHIM! Bu dunyoda ichganimiz zam-zam, u dunyoda esa kavsar boʻlsin! Bu dunyoda yurgan yoʻlimiz hidoyat, u dunyoda esa sirot boʻlsin! Bu dunyodan olganimiz goʻzal axloq, u dunyoda esa baroat boʻlsin! Bu dunyoda kirgan yerimiz Makkayu Madina, u dunyoda esa jannatu Aʼlo boʻlsin! Bu dunyoda ziyoratlarimiz Baytulloh, ravzai mutohhara, Quddusu Sharif, Arofat, Mino va Muzdalifa, u dunyoda esa Paygʻambarlar majlisi boʻlsin! Bu dunyoda nazarimiz Kaloming, u dunyoda esa Jamoling boʻlsin! Ikki dunyoda taqvo, solih amal va goʻzal axloq hamrohimiz boʻlsin!
ALLOHIM! Zurriyodlarimiz ushbu dunyoda koʻzimizni quvontirsin, oxiratda esa izzat toji kiydirsin!
ALLOHIM! Dasturxonimiz ilm, suhbatdoshimiz olimlar boʻlsin!
ALLOHIM! Bu dunyoda doʻstlarimiz haq ahli va gʻarib-miskinlar, u dunyoda esa Paygʻambarlar jamoasi boʻlsin!
ALLOHIM! Dunyoda izzat bilan yashashni, vafotda shahodat bilan ketishni, qayta tirilishda hisobsiz jannatga kirishimizni nasib ayla.
ALLOHIM! Ummati Muhammad nasib etganiga, izzatlaganingga shukronalar boʻlsin!
ALLOHIM! Dunyoni kezib yurgan pandemiyaning yomonligidan bizni, oilamiz ahlini asra, bu balodan bizni, yurtimizni, xalqimizni, ummati Muhammadning barchasini, jamiki insoniyatni oʻzing asragin va dunyomizdan yiroqlatgin.
Yer-u koʻkni yaratgan fotir oʻzingsan. Yer yuziga Odam Atomizni sarvar qilib yaratgan Qodiru mutloq Oʻzingsan ALLOHIM!
Oʻzingga suyanamiz, oʻzingga tayanamiz, faqat Oʻzingdangina madad kutamiz! AMIN! AMIN! AMIN!
GUJUM.UZ