Qisasi ar-Rabgʻuziy: Muallifning muqaddimasi

0
694
marta koʻrilgan.

Milodiy 1309–1310 yillarda yozilgan “Qisasi Rabgʻuziy” asarini kitobat olamining goʻzal, betakror  obidasiga qiyos etgulik! Yozma yodgorlikda Odam Ato va Momo Havodan tortib, Muhammad Mustafogacha yashab oʻtgan paygʻambarlarning hayoti, ezgu oʻy, ezgu amallari hikmatlar, rivoyatlar orqali mohirona aks ettirilgan. 

Qadimiy turkiy tilni oʻzida ifoda etgan ikki jilddan iborat boʻlgan ushbu bebaho durdona asarning zamonaviy oʻzbek tilidagi talqinini Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist Raʼno Zaripova va Toshkent davlat sharqshunoslik instituti oʻqituvchisi Nodira Saʼdullayeva amalga oshirgan.

Durdona asarning navbatdagi qismida muallifning muqaddimasi bilan tanishtiriladi.

Muallif muqaddimasi. Sonsiz hamdu sanolar, sanoqsiz koʻp maqtovlar, ul izi azza va jalla karim qudrati birla bizlarni odamiy yaratdi. Muqaddas kitob tili bilan aytganda, Batahqiq biz Odam bolalarini mukarram qildik. (Kursiv bilan yozilganlarining bari muallifning “Quroni karim”dan keltirgan oyatlari.(Z.R; N.S.)

Yaratmishdan kezin   fazli karami birla  avvalo er yaratdi, xotin yaratmadi. ”Ayollarga qaraganda ularning darajalari ortiq” va yana bizlarni pok yoʻlga boshladi. Hidoyat yoʻlini koʻrsatib, yovuz yoʻldan asradi. Va albatta bu mening yoʻlim, toʻgʻri qilib qoʻyilgan, kiringlar bu yoʻlga.

Andan keyin qadim  ehsoni birla biz zaiflarga Muhammad Mustafo sallalohu alayhi va sallamni paygʻambar etib yubordi. Batahqiq sizlarga oʻzinglardan boʻlgan elchi, paygʻambar keldi. Yaʼni moʻminlarni Muhammad Mustafoga ummat qildi. Barcha ummatlardan bizni aziz qildi. Sizlar odamlar uchun yaratilgan eng yaxshi ummatdursizlar

 Karomati ila bizni barcha jonzodlardan goʻzal yaratdi. Va u sizlarni shakllantirdi va shakllaringizni noʻzal qildi. Ollohga shukr bergan narsasi uchun. U qandogʻ ham yaxshi parvardigor va qandogʻ ham yaxshi doʻst. Durud va salomlar, salavot va  salot ul toʻgʻri soʻzlik, qutlugʻ yuzlik, laamruka tojligʻ, (sening hayoting bilan qasamyod etaman), lav loka lama xalaktual-aflak havojligʻ(Agar sen boʻlmaganingda edi falaklarni yaratmagan boʻlur edim), subhanaallazi asra meʼrojliq (Pokdir u olloh ki olib yurdi(uni) kechasi...). Ul oʻzi mutiʼ, zikri rafiʼ, ummatigʻa shafiʼ va-llohu yavsimuka minan nas yizigʻligʻ(Va Olloh seni odamlardan saqlaydi), va innaka laʼ ala xulukin azimin qiliqligʻ(Va albatta sen ulugʻ axloqliq insonsen), va la tamshi fial-arzi marahan yoʻrigʻliq (Sen yerda kerilib yurma), va iza saʼalaka ibodi anni fa inni qarib xitobligʻ(Va agar bandalarim meni soʻrasalar sendan, men juda ham yaqindurmen), va ammaas-saila fa la tanhar itobligʻ(Va ammo tilanchini jerkib qaytarma.), ma zagaal-basaru va tagʻo himmatligʻ(Koʻz toymadi va ham haddan oshmadi), fa kana qoba qavsayni av adna rifʼatligʻ(Ikki kamon masofasicha yaqinlashdi yoki undan ham yaqinroq…), va lasavfa yoʻtika rabbuka fatarzo shafoʼatligʻ(VA tez fursatda parvardigoring burur senga va bas sen rozi boʻlursen), at-taʼibuna val-abiduna val-hamiduna ummatligʻ(Ular tavba qiluvchilardurlar, va ibodat qiluvchilardurlar, va shukr aytuvchilardurlar.), va min al-layli fatahaajjad bihi nafilatan namozligʻ(Kechaning baʼzi qismida Qurʼon bilan bedor tur,(bu esa) senga nafldur),fa avha ila abdihi ma avha rozligʻ, ( Olloh bandasiga aytgan sirrini aytdi yoki bergan vahyini berdi)lo uhsi sanaʼan alayka niyozligʻ(Senga boʻlgan sano(maqtov)ni sanab oxiriga chiqaolmayman), qumal-layla illa qalilan qabushligʻ, (Kechasida qoim boʻl, magar ozgina qismida…)liʼi lafi qurayshin qadashligʻ (Ulfatlandirmak uchun Quraysh qobilasin)va  jiʼna bika ala haʼulaʼ i shahidan shaxodatligʻ(Biz seni ularga guvoh qilib keltirdik), asa an yabʼasaka rabbuka saodatligʻ(Shoyat senga parvardigoring yuborsa (ul maqomni), alaysa-allohu bikafin abduhu inoyatligʻ(Oyo Olloh bandasiga kifoya qilguvchi emasmu?),va innaka latahdi ila siratin mustaqimin hidoyatligʻ(Albatta sen toʻgʻri yoʻlga boshlaysan), shahru ramazon allazi unzila fi-xial qurʼanu oyatligʻ(Ramazon oyi shunday oydirki unda Qurʼon endirilgandur),iqtarabatas-saʼatu va –nshaqqa al- qamaru ishoratligʻ(Qiyomat yaqinlashdi va oy ikkiga boʻlindi), innnaa arsalnaka shahidan va mubashshiran bashoratligʻ (Haqiqatda biz yubordik seni guvohlik berguvchi va bashorat berguvchi qilib), anbiyolar qadashi, asfiyolar qidvasi Muhammad Mustafo sallalohu alayhi va sallam.

Din shariʼat roʻyati oliy qilgʻon Mustafo,

 Kufru zulmat tugʻlarin yerga cholgʻon Mustafo

 Ul otasi onasini orturub ummat uchun Yolborib

 Haqdin shafoʼat  sogʻun olgan Mustafo

Qavmi orni koʻturmadin koʻkka ogʻgʻan Iso ul,

Ummatiga ul boʻlushubon  yerda qolgʻon Mustafo.

Ul yigirmi uch yil  emgab koʻrmadin tun-kun uyqusi,

Osiy ummat yozuqin Haqdin qilgʻon Mustafo.

Ul qiyomat kuninda  shafoʼat  qurin qurshanib,

Yolnayu turgan yolindin osiy boʻlgʻan Mustafo.

Inar erkan Mustafoni elindab eltgan Jabroil,

Yoʻqlayurda Jabroilni yoʻlgʻa solgʻon Mustafo.

 

Ukush itigʻ salomlar toʻrt eshingʻa, toʻqquz xotungʻa, ikki ammingʻa, sayyidi sodot ahl ul jannat tashrifluk oʻgʻlonlarungʻa va sallimu tasliman kasiran(Unga koʻp salom aytinglar).

Ammo baʼd , bu kitobni tuzgan, toʼat yoʻlinda tizgan, maʼsiyat yobonin kezgan, oz ozuqligʻ, koʻp yozuqlugʻ Rabot oʻgʻuzining qozisi Burhon oʻgʻli Nosirudddin urugʻi, satarallohu alayhi assalomata va raxima shiyabahu andogʻ aytur. Ajall ut-toj –ul-umaro va muhibbul-ulamo beklar urugʻi, yigitlar origʻi, ulugʻ otligʻ, qutlugʻ zotligʻ, ezgu xulqligʻ, islom yorigʻliq, moʻgʻul saniligʻ, musulmon dinligʻ, odamiylar inonchi, moʻminlar quvonchi, himmati adiz, aqli tegiz begimiz Nosiruddin Toʻqboʻgʻa sabbatallohu alo dinil – islom va salomuxu.

Fi madhi Nosiruddin Toʻqboʻgʻabek:

Ilhoq umul tuzun qiliq

Biligʻ arigʻ haddin chiqa

 Koʻkdin adrizrak himmati

Moʻrisi beklik dinida

Soʻrar ani yulnub yaqo

Qizgʻanchi uqbo milkati.

Asli mugʻul erkan koʻnub

Islom uchun tutti yaqo

Boʻldi Rasulning ummati.

Toat qilur tun-kunduzun

Olnur saboq musʼhafqa baqo

“Qurʼon” oʻqimoq odati

Injilanur yoshi aqo

Eshitilsa “Qurʼon” oyati

Erardi yavloq telim

 Tuz soʻzlayur soʻzni uqo

Ortugʻ yarogʻluq siyrati

Rabdin ato boʻlub anga

Haq bermishi qutlugʻ baqo

Koʻrkluk sifatligʻ surati.

Ezgu qiliq birla yurub

Doʻst qizgʻanur dushman baqo

Ortar qamugʻdin hurmati.

Kunduz oʻqur, tunda qoʻpar

Toat qilur kirur suqo

Arslon mengizlik savlati

Yoshi kichik yoʻni ulugʻ

Zoti origʻ bek Toʻqboʻgʻa

Ul Nosiruddin kunyati.

El oshasun, yuz yashasun

Boʻlub mutiʼ mavlosigʻa

Mundin ziyoda qurbati.

Tarix yuz ellining avvalida qosud bitildikim, paygʻambarlar qissalaringgʻa gʻoyat ragʻbatim bor. Tnkma yerda tekma kim ersada boʻlinur baʼzisi mustaqim bor, baʼzisi nomustaqim. Bir onchasi muqarrar va bir onchasi mubattar bor. Bir ozining soʻzlari kesuk bor, bir ozining maqsudlari oʻksuk. Emdi sanung zimmangdan chiqgʻan, qalamungdin oqgʻan, kitobatma saning, iboratma saning boʻlub bizga “Qisas ul-anbiyo” boʻlsa, oʻqumoqgʻa keraklik, oʻgranmoqgʻa yarogʻligʻ boʻlgʻay erdi, teb iltimos yangligʻ ishorat boʻldi ersa nechama oʻzumni  ul ishga loyiq, ul amalga muvofiq ermasin bilmish erkan oʻzimni ogʻirlab nafs saqlamish boʻlub oʻgʻur boʻlsun teb bu ogʻir ishga oʻgʻradimiz.

Izi azza va jalladan tamom boʻlgʻugʻa tavfiq tilab kitob boshladimiz. Munda maqsud paygʻambarlar qissasi erdi va lekin Odamdin burunroq yaratilgʻan bor uchun andin boshlasamiz foydasi ortuqroq boʻlgʻay deb tartib uza yaratilgʻonlardin ogʻoz qildimiz. Ertikliga oʻngʻay, istakliga tebray boʻlsun teb “Qisasi ar-Rabgʻuziy” ot berdimiz. Vallaxu  al-muvaffaqu al- itmama va huva valiyyul inʼam val-ikram. Qola Rasulullohi salla-lloxu alayhi  va sallam… kuntu kanzan xafiyyan fa xalaqtul xalqa. Muhammad Mustafo salla-lloxu alayhi  va sallam aytur: Haq subhonhu va taolo andogʻ yorliqadi: Men bir kizlanu ganj erdim, manim  tengriliqimni bilguvchi kim ersa yoʻq erdi, xaloyiq yarattim mandin asigʻ olsunlar teb. Man alardin asigʻ olayin teb yaratmadim.-dedi.(Ollohning elchisi Muhammad paygʻambar dedilar:Ollox dediki, men bir yashirin gʻazina edim, bas, meni tanisin deb xalqni yaratdim).

 

 

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.