“Qisasi Rabgʻuziy” asari hikmatlaridan

0
198
marta koʻrilgan.

“Qisasi Rabgʻuziy” asari hikoyat-u hikmatlarga boy. Har bir qissa goʻzal mantiq-u xulosalarni ifodalaydi. Insonni ezgulikka, sabru jamilga chorlaydi…

Agar oʻzingizni yolgʻiz qolgandek his qilayotgan boʻlsangiz, hasad balolari yogʻilsa, Jannatdan haydalib, yer yuzida yolgʻizlanib zir yugirib 200 yil Momo Havoni izlagan

ODAM alayhissalomni eslang!

Agar sizga qiyin koʻringan ish ustida ikkilanayotgan boʻlsangiz, tanbehu ozorlarga chidagan va hech ikkilanmasdan kema yasab yoʻlga chiqqan

NUH alayhissalomni eslang!

Agar ota-onangiz sizga qarshi chiqib, aziyat bersa, bir-biriga qayishgan ota- bolani yorliqolgan Allohga hamdu sanolar aytib

IBROHIM va ISMOIL alayhissalomni eslang!

Agar tugʻishganlaringizdan ozor cheksangiz, oʻz aka-ukalari tomonidan ozorlangan va xiyonatga uchragan

YUSUF alayhissalomni eslang!

Muammolardan chiqish yoʻlini topa olmayotgan boʻlsangiz, baliq qornida zulmatda qolib ketgan va xasta holda quruqlikka otilgan, qanoti yulingan qushdek zaif

YUNUS alayhissalomni eslang!

Agar sizga tuhmat qilishsa, kamsitib laqablar qoʻyishsa, igʻvolar quyunida qolganda

Muhammad Mustafo sallallohu alayhi vasallamni eslang!

R. ZARIPOVA tayyorladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.