Saʼdulla Hakim sheʼridan: Qoʻngʻiroq chalsa yomgʻir, gul koʻtarib uygʻonay!

0
407
marta koʻrilgan.

Bu otashin satrlarni oʻqiganimizda elimiz suygan shoir Saʼdulla Hakim bilan bogʻliq voqea-hodisalar xotiramizda jonlanadi, uning nurli siymosi koʻz oldimizda gavdalanadi.

Joriy yilning  8 oktyabr kuni taniqli shoir va publitsist, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining sobiq raisi Saʼdulla Hakim tavalludining 70 yilligi munosabati bilan Milliy matbuot markazida xotira kechasi oʻtkazildi.

Xotira kechasida ommaviy axborot vositalari xodimlari, shoir va yozuvchilar, oliy oʻquv yurti professor-oʻqituvchilari, talabalar va keng jamotchilik vakillari ishtirok etdi.

Soʻzga chiqqanlar Saʼdulla Hakimning oʻz yurtini, xalqini sevgan inson sifatida kechirgan hayoti va ijodiy faoliyati, sheʼrlari, publitsistik asarlarida aks ettirilgan gʻoyalar, kelajak avlodlarga oʻrnak boʻladigan fazilatlari haqida oʻz xotiralari soʻzlab berishdi.

— Xalqimizning ardoqli farzandi Saʼdulla Hakimni qalam ahli, jurnalistlar tajribali ijodkor, jonkuyar tashkilotchi sifatida yodga oladi, — deydi Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Olimjon Oʻsarov. —Shogirdlaridan baʼzilari ustoz har doim ijodkorlarni qoʻllardi desa, ayrimlar ustozdan koʻp narsalarni oʻrganganman, deyishi ham bejiz emas. Saʼdulla Hakim Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasiga rahbarlik qilgan yillarda mamlakatimizdagi ommaviy axborot vositalarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, soha xodimlariga zarur shart-sharoitlar yaratib berishga alohida eʼtibor qaratib keldi. Saʼdulla aka shoir, publitsistik sifatida samarali ijod qilish bilan birga koʻplab xorij shoirlarining sheʼrlarini oʻzbek tiliga mahorat bilan tarjima ham qildi.  Bugun ustoz hayot boʻlganida 70 yoshni qarshilagan, davralarda savlat toʻkib oʻtirgan, biz, shogirdlarini barakali ijod qilishga undagan, yurtimizda amalga oshirilayot islohotlardan quvongan, bunga oʻzi ham munosib hissa qoʻshgan boʻlardi.

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, xushovoz xonanda Baxtiyor Xolxoʻjayev Saʼdulla Hakim bilan bir qishloqda tugʻilib, bir sinfda oʻqigan, bolalik zavqi birga totgani haqida gapirib berdi. Darvoqe, xonanda ijro etgan mashhur  «Sen kutgan bahor» qoʻshigʻining sheʼriy matni muallifi ham Saʼdulla Hakim ekanini koʻpchilikka maʼlum.

– Koʻpincha Saʼdulla akaning sheʼrlarini oʻqib, unga rassom shoir deb baho berardim, –deydi Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, filologiya fanlari doktori Xurshid Doʻstmuhammad. – Sababi, uning har bir misrasini oʻqiganingizda koʻz oldingizda obrazlar xuddi rassom qalamda chizayotgandek gavdalanaveradi. Masalan, bir sheʼrida: “Yarim tunda koʻz ochsam, yonimda yotibdi oy”, desa, yana bir misrasida: “Qoʻngʻiroq chalsa yomgʻir, gul koʻtarib uygʻonay!” deydi.

Darhaqiqat, Saʼdulla Hakim oʻziga xos ijodiy uslubi, sheʼriy asarlari bilan oʻz isteʼdodini namoyon etgan. Uning «Sen kutgan bahor», «Yoz oqshomi», «Ona soʻz», «Saylanma», «Koʻngil yuzi» toʻplamlari alohida ahamiyatga ega boʻlib, unda inson, tabiat va jamiyat muammolari oʻz poetik yechimiga koʻtariladi. «Olis yulduz» nomli dostoni ham kitobxon eʼtiboriga tushgandi. Ushbu dostonda shoirning adabiy-falsafiy ovozi, olami oʻziga xos tarzda ifoda etilganiga guvoh boʻlamiz.

Elimiz ardoqlagan ijodkor Saʼdulla Hakim kamtarin, samimiy, odamning yoshiga qaramay, suhbatlashib, gaplashib, qoʻlidan kelgancha yordam berishga intiluvchi zakiy inson edi. Koʻplab yosh isteʼdod egalari ustozlik qilgani ham eʼtirofga molik.

Saʼdulla Hakim beqiyos isteʼdodi, jurnalistik salohiyati, turli tashkilotlardagi rahbarlik faoliyati davomida tom maʼnoda jonkuyar ijodkorga aylangan edi. Garchand bugun oramizda boʻlmasa-da, ustoz bizning qalbimizda barhayot, oʻgitlarini doim yodimizda saqlaymiz. Ijodiy merosi – koʻplab asarlarini oʻqib-oʻrganib, mahoratli jurnalist sifatida ham,  taniqli shoir ham oʻtli nafasini yurakdan his etamiz.

Manbaa: Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining rasmiy sayti

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.