ShARQ  ALLOMALARINING  ILM-FAN  VA KITOB MUTOLAASI XAQIDAGI MAʼRIFIY  FIKRLARI

0
503
marta koʻrilgan.

 Ushbu maqolada Markaziy  Osiyoda yashab ijod qilgan tarixiy shaxslar –mutafakkirlar, olimlar, shoiru adiblarning ilm-fan, kitob, maʼrifat xaqida fikrlari oʻrganilgan. Ularning ijtimoiy falsafiy ahamiyati ochib berilgan.

Shuningdek, Sharq allomalarining ilm fan va kitob mutolaasi haqidagi maʼrifiy fikrlari tahlil qilindi. Jahon ilm- fan olamida goʻzal “izlar qoldirgan” Abu Rayxon Beruniy, Abu Nasr Farobiy, Abu Ali Ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Axmad Yugnaki, Maxmud Qashqariy va Alisher Navoiy kabi buyuk mutafakkirlarning ilm-fanga, kitobat olamiga mehr-muhabbat uygʻotuvchi, maʼrifiy fikrlari oʻrganildi. Ularning asarlarida keltirilgan ilmga, mutolaga oid ijtimoiy- falsafiy fikrlarining ahamiyati ochib berilgan.

 Yana qadimgi bitiklar –“Avesto”, “Mahabxorat”, “Ramayana” va Lao Szi  va Konfutsiyning hikmatnomalari asrlar osha  dunyo tamadduniga, insoniyat maʼnaviyatiga munosib hissa qoʻshib kelayotgani taʼkidlangan.

 Zero, Yangi Oʻzbekistonning “Taraqqiyot strategiyasida” belgilangan vazifalarni va uchinchi renessans poydevorini  barpo etishga munosib hissa qoʻshadigan  yangi avlodni  tarbiyalashda ularning merosini chuqur oʻrganish, innovatsion  ilmiy bilimlar nuqtai nazaridan tadqiq etish davr talabidir. 

 Buyuk Sharq allomalarining  ijtimoiy-madaniy hayotda qoldirgan ilmiy merosilari avvalo gumanistik mohiyatga ega boʻlib, ularda ilmu fan, mutolaa, maʼrifat xaqidagi qarashalari  oʻz ifodasini topadi. Qurʼoni karimdagi “Oʻqi, oʻqi va oʻqi” degan daʼvatida ana shu gumanistik mohiyat mujassamdir. Shu bilan birga, kitob mutolaasining, buyuk tarixiy shaxslarning ilm-fan va maʼrifat xaqidagi fikrlarining ahamiyati genezisi uzoq oʻtmishga, qadimgi bitkilarga borib taqalashini  taʼkidlash joiz. Qadimgi hind xalqining “Mahabxorat”  va “Ramayana”,  qadimgi sharqning  “Geomifologik” eposi,  Lao Szi  va Konfutsiyning hikmatnomalari, Buddaning “Dxamapadda” toʻplami,  Zardushtiyning “Avesto” matnlari antik davrdan bizgacha yetib kelgan durdona asarlardir. Ularning kitob holidagi nusxalari tufayli biz insoniyat tarixiga, oʻtmish madaniyatiga taalluqli artefaktlardan xabardormiz.

 Yozuv madaniyatining shakllanishi bilan ilm-fanda inqilobiy ahamiyatga ega oʻzgarishlar boshlandi. Ularning sivilizatsiya tarixida tutgan oʻrni xaqida koʻplab asarlar  yozilgan, ilmiy tadqiqotlar oʻtkazilgan. Ammo buyuk tarixiy shaxslarning ilm-fan, kitob mutolaasi, maʼrifat haqidagi qarashlari yaxlit mavzu, obyekt sifatida tadqiq etilmagan. Biz ularning barchasini qamrab olishga intilmaymiz, oʻzimizning allomalarimiz fikrlarini keltirish,  oʻrganish bilan cheklanamiz.

 Al-faylasuf At-turkiy taxallusi bilan ataladigan Abu Nasr Farobiy (879-950) insonning aqlu idrokiga, ilm-fanni oʻzlashtirish, yaʼni “ aqliy quvvatga” ishongan. Inson deb yozadi faylasuf, yuksak kamolatga erishuv yoʻlida harakat qilgandek,  aqliy bilimga ham harakat qilsa, hech  shubhasiz  oʻzi  intilayotgan   soʻngi  darajadagi   baxt-saodatga erishadi. Koʻrinib turibdiki, Farobiy inson erishadigan baxt-saodat “aqliy bilim”dadir, deb hisoblaydi.

 Buyuk alloma  Abu Ali Ibn Sino (850-1037)  300dan ortiq ilmiy asarlar yozgan,  ulardan 58tasi bevosita falsafaga, 20tasi tibbiyotga, qolganlari boshqa ilm sohalariga taalluqlidir. Ibn Sino: jon salomi ilmdadir, ilmdandur soʻlu sogʻ. Jon agar bir shisha boʻlsa, ilm bir yonuvchi sham deydi. Ularning genosiologik qarashlari, insonning borliqni bilishiga oid sifatlari maxsus adabiyotlarda yoritilgan.

 Insonning bilim-quvvati va aqliy imkoniyatlarini ulugʻlagan Yusuf Xos Hojibning “Qutatgʻu bilik”  (“Qutga, yaʼni baxt-saodatga erishturuvchi bilim”) asari juda koʻp fikrlarni oʻziga jo etgan, jamlagan: “Oʻquv qut beradi, bilim sharaf-shon,  Shu ikkov tufayli ulugʻdir inson”   “Hazrati odam- Bilim, aqlu idrok sabab muhtaram”  “Oʻquv qayda boʻlsa, ulugʻlik boʻlar. Bilim qayda boʻlsa, buyuklik olar”. Yusuf Xos Hojib kitob oʻqib bilim orttirishga erishishi insonning baxtli yashashini bilimdadir, deb biladi. “Oʻz bolam oʻrganing kitob tengsizdir,  Tengsiz bilim bilan choʻlugʻ dengizdir”.

 Buyuk vatandoshimiz Abu Rayxon Beruniy (973-1051.)ning butun umri, ijodiy izlanishlari kitob mutolasining betakror va ibratli namunasidir. U boshqa joyga koʻchsa avvalo yiqqan kitoblarini oʻzi bilan olib ketgan. Uning “Qadimiy xalqlardan yodgorliklar”,  “Hindiston”, “Minerologiya” kabi 153ta asarlar yozgan, shoir, faylasuf, olim, tarixchi, ensiklopedik olimdir. Alloma deydi: “Ilm koʻpdir. Ular zamon iqboli boʻlib, turli fikr va xotiralar qoʻshilib borsa, koʻpayadi. Odamlarning ilmlarga ragʻbat qilinishi ilmlarni va ilm axllarini hurmatlashi oʻsha iqbolning belgisidir”.  Beruniy inson aqlu idroki, boshqalarga mehribonlik, hurmat, samimiyat koʻrsatilishi, tinmay bilim izlashi bilan hayvonlardan ajralib  turishini taʼkidlaydi. Hukmdorlarning ilm ahlini, kitobni sharaflashga, qoʻllab-quvvatlashga undaydi. Alloma oʻzidan kitoblar qolishini, har bir asari bilimning asali boʻlishini bilgan va oʻz ilmidan faxrlangan.

 Axmad Yugnaki oʻlkamizda yashagan va ijod qilgan yirik donishmanddir. U kelgusi avlodlarga qoldiriladigan meros, boylik kitob, deb biladi. Kitob inson nomini mangu esdalik qiladi, uni avlodlar oʻqib, “xaqqiga duo qiladi”,  unda  “ajoyib tansiq soʻzlar” boʻladi. Kitob oʻqiydigan, ilmli kishini oʻziga yaqin tutishiga undaydi. “Bilimli kishining oʻzi oʻlsa ham nomi oʻlmaydi”, deydi donishmand.  

  Oʻlkamiz tarixi va madaniyatining bilimdoni Maxmud Qashqariyning “Devonu lugʻati turk” asari bebaho manbaadir. Dedaktik mohiyatga ega sheʼrlar, maqolalar, hikoyalar yoshlarni bilim, tarbiya, maʼrifat olishga daʼvat etadi: Ilmu  istash bilan inson bilimsizlikdan qutqaradi  oʻzini.    Buyuk bobokolonimiz Alisher Navoiy (1441-1501) ning badiiy – maʼrifiy merosi, hikmatlari va sheʼrlari jaxon tafakkuridan joy olgan. “Ilmda   bir  odam sohibqiron boʻlguncha  oʻttiz  yildan bir davr kelishi kerak. Uning ilm maskani, ilm dargohi, uning bir qatra  vujudi  ilm daryosiga aylanadi”, deydi mutafakkir. “Hayratul abror” asarida “Oz-oz oʻrganib dono boʻlur, otani pir bil, kabi hikmatlari maqolalarga aylandi. Bir hikmatida Alisher Navoiy deydi: “Haq yoʻlida kimga bir xarf oʻrgatdi  ranj  ila, Aylamak boʻlmas ado oning haqqin yuz ganj ila”. Bu bilan Navoiy ustozlik yoki bilimga oʻrgatish zahmatini ogʻir ekanini taʼkidlaydi.

 Oʻlkamizda yashab, ijod etgan, jahon  tafakkuriga betakror hissa qoʻshgan mutafakkirlar, olimu fuzalolar, shoir, adib, arboblar yetarlichadir. Yangi Oʻzbekistonda uchinchi renessans poydevorini  barpo etish ular merosini chuqur oʻrganishni zamonaviy ilmiy bilimlar nuqtai nazaridan tadqiq etishni taqazo etadi.

Barchinoy Xodjayeva, Toshkent shahar  Uchtepa tumani Axborot-kutubxona markazi     direktori                                                            

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.