Oʻzbek xalqining sevimli shoirasi, taniqli jamoat arbobi Zulfiya Isroilovaning hayoti va ijodi oʻziga xos, mamlakatimiz hayoti va xalqimiz taqdirida katta oʻzgarishlar sodir boʻldi, lekin shoira ijodidagi muhabbatning, sadoqatning alangali kuchi bugun ham oʻquvchining qalbini nurlantiradi, yuraklarni hayajonlantiradi.
Hayot kitobimni bexos varaqlab,
Men oʻtgan umrga achinmay qoʻydim.
Tabassum oʻrnida kuldim charaqlab.
Suyish kerak boʻlsa — telbacha suydim.
Kiyganim ipakmi, chitmi yo kimxob,
Yurak boyligidan qilmabman parvo.
Meni ogʻushlagan hayot naq oftob,
Yangi qoʻshiq talab unda har saboq.
Men oʻtgan umrga achinmay qoʻydim,
Hech kimda koʻrmayin umrimga oʻxshash:>
Suydim,
Erkalandim
Ayrildim,
Kuydim,
Izzat nima — bildim.
Shuda bir yashash!..