Faqatgina Oʻzbekistonni buyuk allomalar yurti deb atashadi! Bobolarimiz bizning boshimizni qiyomatga qadar baland koʻtarib ketishdi, – degan edi sharqshunos olim, professor Ubaydulla Uvatov.
Darhaqiqat, birgina buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy haykali Tokio, Shanxay, Vashington, Moskva, Minsk, Boku, Mozori-Sharif, Oʻsh, Dushanbe, Seul va Ostona kabi shaharlarda qad rostlagani ushbu soʻzlarning haqiqatidir.
Alloma Alisher Navoiyning birgina hikmati minglab oʻgitlarga teng. Aql ila olam yuzini obod qilishga chorlaydi. Goʻzal xulq ila elni shod qilishga undaydi.
Aql ila olam yuzin obod qil, Xulq ila odam elini shod qil.
Navoiy bobomiz kuylaganlaridek, moziyshunos olim Ubaydulla Uvatov aytganlaridek Xorazmiy, Beruniy, Fargʻoniy, Zamahshariy, imom Buxoriy, Termiziy, Pahlavon Maxmud, Najmiddin Kubro kabi allomalarimiz oʻz amallari-yu asarlari ila dunyoga nur sochib, olam yuzini obod qilib ketishdi.
GUJUM.UZ