Yigirma besh yil oʻtib, sinfdoshlar uchrashdi. Tadbirga ustozlar ham taklif etildi.
Sobiq oʻquvchi oʻqituvchisi bilan quyuq soʻrashgach, sekin chekkaga tortib soʻradi:
— Meni tanidingizmi?
— Yoʻq, — deb javob berdi muallim.
— Nahotki?! Bolaligimda sinfdoshimning soatini oʻgʻirlagan edim. Soat topilmagunicha bizni hammamizni tintuv qilishingizni aytgan edingiz. Uyat va qurquvdan nima qilishni bilmay qolgandim. Hamma meni oʻgʻri deb chaqirishi koʻz oldimga keldi. Lekin, siz hammaga devorga qarab, koʻzimizni yumishimizni aytdingiz. Choʻntagimizni birma-bir tekshirishni boshladingiz. Menga navbat kelganida, soatni oldingiz va bir ogʻiz gapirmasdan tintuvni davom qilaverdingiz. Tekshiruv tugagach, soatni egasiga qaytarib berdingiz va hech qachon bu vokea haqida soʻz ochmadingiz. Nahotki shu ishni qilgan odam yodingizda yoʻq?!
— Yoʻq — dedi oʻqituvchi. — Oʻsha kuni, tintuv paytida koʻzlarimni yumib tekshiruv oʻtkazgandim. Munosabatim oʻzgarmasligi uchun oʻzimni va oʻsha bolani ayagandim.
Ha, muallimlik, murabbiylik nozik masala! Muallim oʻz fanining bilimdoni, ustoz tarbiyachi boʻlish bilan birga psixolog ham boʻla bilishi kerak. Uchala yukni esa barcha ham koʻtara olmaydi.
gujum.uz