Xorazmliklar pari va devlar avlodidanmi? Qadim xorazmliklar haqida bir rivoyatda aytilishicha, Hazrati Sulaymon alayhissalom zamonida bir pari gunoh ish qilib qoʻyadi. Sulaymon (a.s.) uni jazolash uchun qoʻl ostidagi bir devga “Buni odam oyogʻi yetmagan bir choʻlu biyobonga olib borib tashla” deb buyuradi. Dev bir necha kun osmonda uchib, kimsasiz Xorazm choʻliga kelib qoʻnadi.
Ammo bu goʻzal pariga oshiq boʻlib qolgan dev uni yolgʻiz qoldirishni istamay, orqasiga qaytish fikridan voz kechadi. Shu yerda abadiy qolib, pari bilan yashay boshlaydi. Oʻsha dev va paridan farzandlar dunyoga keladi. Shu-shu bu zaminning erkaklari devdek baquvvat, qizlari parichehra, paripaykar boʻlishibdi.
Bu rivoyat Erondagi Qojorlar hukumatining Xorazmga yuborilgan elchisi, tarixchi Rizoqulixon Hidoyatning “Xorazm safarnomasi” asarida ham tilga olingan.
Tahririyatdan: Rivoyatlar va hikmatlar badiiy asarlarni bezaydi.
gujum.uz