Yangi kitob: ABU ALI IBN SINO

0
143
marta koʻrilgan.

“Yangi asr avlodi” nashriyoti yozuvchi Abdujalol Rahimning “Abu Ali ibn Sino” tarixiy roman-trilogiyasini toʻliq nashrdan chiqardi.

Romanning 1-kitobi “Buxoro” deb ataladi. Bu kitob Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining «Eng yaxshi asar» (2018) tanlovi gʻolibi sifatida eʼtirof etilgan boʻlib, unda buyuk vatandoshimizning bolaligi, oʻsmirligi, hayotining 1005 yilgacha, yaʼni yigirma besh yoshigacha Buxoroda kechgan davri qalamga olingan.

2-kitob esa “Xorazm” qismi boʻlib, unda ulugʻ tabib, allomaning Xorazmga kelishi, bu yerdagi hayoti va faoliyati (milodiy 1005-1011 yillar) haqida hikoya qilinadi. Bu davrda Ibn Sino tabobatda misli koʻrilmagan kashfiyotlar qilib, yutuqlarga erishadi.

Trilogiyaning 3-kitobi – “Xuroson, Hamadon” allomaning 1012 yilda Xorazmdan Jurjon tomon yoʻlga chiqishi, ziyoriylar, buvayhiylar yurtidagi xayoti va faoliyati haqida hikoya qiladi.

Muallif: Abdujalol Rahim
Nashr uchun masʼul: Mahmud Toir
Nashriyot — “Yangi asr avlodi”

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.