2017-2021 yillarda pensiya taʼminotida amalga oshirilayotgan islohotlar

0
269
marta koʻrilgan.

Joriy yilning 14 sentyabr kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari M.Ilxomov, L.Kabuljanova, N.Gʻoibnazarova va H.Qoʻchqarovalar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan “2017-2021 yillarda pensiya taʼminotida amalga oshirilayotgan islohotlar” mavzusidagi davra suhbatida ishtirok etdilar.

Tadbir davomida soʻzga chiqqan mutaxassislar tomonidan 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish jarayonida pensiya taʼminoti sohasidagi islohotlar va bu borada Toshkent shahrida amalga oshirilgan ishlar, Toshkent shahar Prokuraturasi vakillari tomonidan fuqarolarning pensiya va nafaqaga oid huquqlarini taʼminlashda prokuratura organlarining oʻrni toʻgʻrisida, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari tomonidan fuqarolarning murojaatlarini hal etishda deputatlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan maʼlumotlar berildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan bunday tadbirlarni ochiqlik va oshkoralikni taʼminlash maqsadida aholi oʻrtasida huquqni muhofaza qilish organlari va deputatlar ishtirokida oʻtkazish boʻyicha takliflar bildirildi.

Hayotxon QOʻChQOROVA, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.