Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi Jamoat fondining 2-davlat granti doirasida 2022 yil 29-31 mart kunlari Toshkent shahrining “Interneyshnl” mexmonxonasida tadbir boʻlib oʻtdi.
Tadbir doirasida Oʻzbekiston Sartaroshlar va kosmetologlar uyushmasi, Yoshlar Ittifoqi hamda Oʻzbekiston respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi “Ishga marxamat” Monomarkaz hamkorligida 16- Halqaro maxsus chiroy industriya «BeautyExpo Uzbekistan’ 2022» koʻrgazmasi tashkil etildi.
Uch kunlik tadbir davomida kosmetologlar koʻrgazmasi, sartaroshlar uchun maxorat darslari hamda sartaroshlar va kosmetologlar oʻrtasida sartaroshlik va makiyajlik sanʼatining Oʻzbekiston Chempionati oʻtkazildi.
Tadbir yakunida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.
Mavluda TOJIYEVA, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi Jamoat fondi bosh mutaxassisi