Oʻzbekiston yoshlarining milliy-maʼnaviy meroslari

0
180
marta koʻrilgan.

Toshkent shaxar Muhammad Yusuf nomidagi jamoat fondi   Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasining majlislar zalida «Oʻzbekiston yoshlarining milliy-maʼnaviy meroslari» grandi doirasida tadbir  oʻtkazdi. 

Tadbirda Muhammad Yusuf siymosi aks etgan koʻrgazma va Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda seminar hamda loyixa doirasida elon kilingan tanlov gʻoliblarini takdirlash marosimini oʻtkazildi.

Tadbirda Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasining raisi Sirojiddin Sayyid yoshlarni kitobxonlikka jalb etish, ular manaviyatini oʻstirish yoʻlidagi say- harakatlar va davlat tomonidan yosh ijodkorlarga boʻlgan etibor haqida nutk soʻzladi.

Tadbirda Oʻzbekiston sanat va madaniyat instituti ilmiy ishlar, innovatsiya lar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash boʻlimi boshligʻi  Marufjon Yoʻldoshev institut prezidentimiz tomonidan Muhammad Yusuf ijodini oʻrganishga yoʻnaltirilgani, shoirning sherlari yoshlarni vatanparvarlik ruxida tarbiyalashda katta axamiyat kasb etayotgani, institutda yoshlar bilan olib borilayotgan tarbiyaviy ishlar, Muhammad Yusuf ijodi qardosh xalqlar, jumladan turk xalqining etiborini tortgani, turk tarjimonlari shoirning mualliflik  kitobini chop etishgani, kitob taqdimotiga institutdan, Respublika yozuvchilar uyushmasidan vakillar, shoirning oila azolari borib, qatnashgani, kitob barcha turkiy xalklarga begʻaraz tarqatilishi haqida gapirib berdi.

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti dekani Jumali Shabanov Muhammad Yusuf nomidagi fondning universitet bilan doimiy  hamkorligi, loyixa doirasida universitetda oʻtkazilgan seminar va «Ulugʻimsan, vatanim»filmi takdimoti, film ijodkorlari bilan uchrashuv talabalarda katta taassurot qoldirgani haqida batafsil gapirib berdi.

Ushbu institut dotsenti Xayrulla Hamidov, turk tiliga Muhammad Yusuf sheʼrlarini tarjima qilib kitob nashr etgani, Muhammad Yusuf nomidagi jamoat fondi bilan hamkorlik, universitet talabalarining tarjimalari Muhammad Yusuf nomidagi fond muassisligidagi «Oltin kalam» gazetasida chop etib borilishi, yoshlar manaviyatini shakllantirishda fondning xizmatlarini etirof etib oʻtdi.

Shuningdek, tadbirda Qoraqalpogʻiston xalk shoiri Rustam Musurmon Muhammad Yusuf haqidagi xotiralar bilan boʻlishdi. Shoir sheʼrlarining yoshlar tarbiyasidagi oʻrni haqida maruza qildi.

Tadbirda Sayyora Ernazarova loyixa doirasida «Muhammad Yusuf ijodi» telegramm kanalida  shoirga daxldor elon qilingan 3 ta yoʻnalishdagi tanlov haqida gapirib, tanlovda qatnashgan ishtirokchilarning va 20 ta gʻolibning ismi sharifini elon qildi. Ular grant va Muhammad Yusuf nomidagi jamoat fondi mablagʻlari hisobidan tayyorlangan diplom, sertifikat va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

Tanlov gʻoliblari, mehmonlar esdalik uchun suratga tushdilar.

Nazira SALOMOVA, Muhammad Yusuf nomidagi jamoat fondi rahbari

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.