Davlat grantining birinchi tanlovi eʼlon qilindi

0
144
marta koʻrilgan.

Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi

 “Jamiyat va oilada sogʻlom ijtimoiy- maʼnaviy va tibbiy muhitni taʼminlashda fuqarolik jamiyati institutlarining faolligini oshirish”

mavzuida Davlat grantlari ajratish uchun 1-tanlovni

EʼLON QILADI

Tanlovga nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatini boshqa institutlarining quyidagi maqsadlarni nazarda tutgan ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalari qabul qilinadi

1.Sogʻliqni saqlash muassasalari bilan ijtimoiy sheriklikda yuqumli kasalliklar profilaktikasi, aholi orasida COVID-19 virusining oldini olish hamda sogʻlom turmush madaniyatini yuksaltirishga koʻmaklashish;

2.Koronavirus infeksiyasi (COVID-19) tarqalishi, uning asoratlari va qayta kasallanish holatlardan saqlanish, aholi salomatligi va sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlash maqsadida tibbiyot muassasalari bilan targʻibot ishlarini olib borish;

3.Ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar, mobil aloqa operatorlari va boshqalar bilan ijtimoiy sheriklikda aholi oʻrtasida koronavirusning tarqalishiga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni tushuntirish, profilaktika qilish usullari boʻyicha tibbiy-maʼrifiy ishlarni tashkil etish;

4.Sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, javobgarlik normalari bilan aholini on-layn tanishtirish, tarqatma materiallar ishlab chiqish va tarqatish;

5.Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga, sanitariya qoidalari, gigiyena normalariga amal qilish, sanitariya-gigiyena tadbirlarini yanada kuchaytirish;

6.Eʼlon qilingan karantin va karantindan keyingi davrda aholi bilan ijtimoiy-maʼnaviy va tibbiy on-layn targʻibot ishlarini olib borish;

7.Yuqumli kasalliklarning onadan bolaga oʻtishi, kasallikni yuqtirgan bolalar tugʻilishining oldini olish, profilaktik targʻibot ishlarini olib borish;

8.Aholining turmush darajasini yaxshilash va ular uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratishga xizmat qiluvchi ijtimoiy loyihalarini amalga oshirish;

9.Sogʻliqni saqlash muassasalari bilan ijtimoiy sheriklikda aholida yuqumli kasallik yuqtirishni oldini olish, ularning xabardorligini oshirish, profilaktika choralarni kuchaytirish, manzilli koʻmak koʻrsatish;

10.Xotin-qizlar muammolarining oʻz vaqtida aniqlash, yordamga muhtoj boʻlgan ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam koʻrsatish;

11.Jamiyat negizi boʻlgan oila institutini, ijtimoiy-maʼnaviy muhitni mustahkamlash, yoshlarning tibbiy madaniyatini oshirish va salomatligini mustahkamlash;

12.Qishloq joylarida ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish orqali aholining turmushi madaniyati sifatini yuksaltirish va bandligini taʼminlash;

13.Chekka va olis hududlarda aholi keng qatlamlarining jismoniy tarbiya va sportga jalb etish, ushbu sportni yanada rivojlantirish;

14.Mahallalarni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, sanitariya-ekologik holatni yaxshilash ijtimoiy chora-tadbirlarini amalga oshirish;

15.Zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan shaxslarni reabilitatsiya qilish, ularni ijtimoiy hayotga moslashtirish. 

Davlat granti ajratish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: 

1. Tashkilot rahbari tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv xati; 

2. www.fundngo.uz veb-saytida joylashtirilgan shaklda toʻldirilgan davlat granti loyihasi uchun ariza;

3. Oxirgi oʻzgartish va qoʻshimchalar bilan davlat roʻyxatidan oʻtgan NNTlar va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining Ustavi (Nizomi) nusxasi;

4. Tashkilotning davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi; 

5. Agar loyihani amalga oshirish litsenziyalanadigan faoliyatni talab qilsa, unda litsenziyaning nusxasi;

6. Manfaatdor davlat va jamoat tashkilotlarining tavsiya hamda qoʻllab-quvvatlash xatlari. 

Bitta loyiha uchun ajratiladigan grant miqdori – 40 million soʻmgacha. 

Hujjatlar 2020 yil 15 apreldan 18 maygacha qabul qilinadi.

Hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNTlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi nomiga “Oʻzbekiston pochtasi” orqali yuboriladigan muhrlangan konvertlarda (A4 formatda) quyidagi manzil boʻyicha qabul qilinadi: 100035, Toshkent shahri, Bunyodkor koʻchasi, 1-uy. 

Hujjatlarni taqdim etish shartlari va namunalari bilan Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining www.fundngo.uz rasmiy veb-saytida tanishish mumkin. 

Maʼlumot uchun telefonlar: (0-371) 239-26-76, 239-26-86. 

 
Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.