Davlat grantlari ajratish uchun 5-tanlov

0
121
marta koʻrilgan.

Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi “Millatlararo totuvlik va barqarorlikni taʼminlashda ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish”  mavzuida Davlat grantlari ajratish uchun 5-tanlovni  EʼLON QILADI

Tanlovga nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatini boshqa institutlarining quyidagi maqsadlarni nazarda tutgan ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalari qabul qilinadi:

  1. Fuqarolik, millatlararo va tinchlik hamda totuvlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan festivallar, forumlar, tanlovlar, uchrashuvlar va boshqa tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish;
  2. Oʻzbekistonning xalqaro nufuzini mustahkamlashda, mamlakatda olib borilayotgan islohotlar toʻgʻrisida jahon hamjamiyatiga xolis axborot yetkazishda milliy madaniy markazlar va doʻstlik jamiyatlarining roli va ahamiyatini yuksaltirish;
  3. Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalarini yanada rivojlantirish sohasida davlat organlari va tashkilotlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining fuqarolik jamiyati institutlari bilan oʻzaro hamkorlik darajasini yanada oshirish
  4. Millatlararo muomala madaniyatini tarbiyalash, Oʻzbekiston xalqining tarixi va anʼanalarini oʻrganish boʻyicha taʼlim, axborot va madaniy-maʼrifiy chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish
  5. Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalarini yanada rivojlantirish sohasida davlat organlari va tashkilotlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining fuqarolik jamiyati institutlari bilan, shu jumladan ommaviy axborot vositalari bilan oʻzaro hamkorligi mexanizmlarini takomillashtirish;
  6. Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalarini yanada rivojlantirish, respublikamizda yashab turgan turli millat va elat vakillarining tili, madaniyati, anʼanalari va urf-odatlarini saqlash va rivojlantirish;
  7. Jamiyatda koʻp millatli katta oila his-tuygʻusini kuchaytirish, respublikamizda yashayotgan turli millat va elat vakillari oʻrtasida doʻstlik va totuvlikni yanada mustahkamlash, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash;
  8. Millatlararo munosabatlarni mustahkamlash, mamlakat hududida va undan tashqarida fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
  9. Xalqaro hamkorlikni va chet mamlakatlar bilan doʻstona aloqalarni rivojlantirish, Oʻzbekistonning jahon maydonidagi obroʻ-eʼtibori va imijini oshirish;
  10. Mamlakatimizda yashovchi turli millat va elatlar vakillarining oʻziga xos milliy anʼanalari, urf-odatlari va rasm-rusumlarini asrab-avaylash va rivojlantirishga koʻmaklashish;
  11. Millatlararo munosabatlarni uygʻunlashtirish, jamiyatda doʻstlik, oʻzaro hamjihatlik, jipslik, insonparvarlik va bagʻrikenglik madaniyatini mustahkamlash;
  12. Dustlik va koʻp millatli yagona oila tuygʻusi muhitini mustahkamlash, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash;
  13. Oʻzbekiston Respublikasining asosiy xalqaro reytinglardagi oʻrnini oshirishga toʻsqinlik qilayotgan muammolarni tizimli tahlil qilishga, ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqishga, mamlakatda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarning natijalari haqidagi maʼlumotlarni xalqaro reytinglarni  tuzuvchilarga yetkazishda koʻmaklashish.

 Davlat granti ajratish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: 

  1. Tashkilot rahbari tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv xati; 
  2. www.fundngo.uz veb-saytida joylashtirilgan shaklda toʻldirilgan davlat granti loyihasi uchun ariza;
  3. Oxirgi oʻzgartish va qoʻshimchalar bilan davlat roʻyxatidan oʻtgan NNTlar va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining Ustavi (Nizomi) nusxasi;
  4. Tashkilotning davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi; 
  5. Agar loyihani amalga oshirish litsenziyalanadigan faoliyatni talab qilsa, unda litsenziyaning nusxasi;
  6. Manfaatdor davlat va jamoat tashkilotlarining tavsiya hamda qoʻllab-quvvatlash xatlari. 

Bitta loyiha uchun ajratiladigan grant miqdori – 40 million soʻmgacha. 

Hujjatlar 2020 yil 24 noyabrdan 25 dekabrgacha qabul qilinadi.

Hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNT
va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi
nomiga “Oʻzbekiston pochtasi” orqali yuboriladigan muhrlangan konvertlarda (A4 formatda) quyidagi manzil boʻyicha qabul qilinadi: 100035, Toshkent shahri, Bunyodkor koʻchasi, 1-uy. 

Hujjatlarni taqdim etish shartlari va namunalari bilan Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining www.fundngo.uz rasmiy veb-saytida tanishish mumkin. 

Maʼlumot uchun telefonlar: (0-371) 239-26-76, 239-26-86. 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.