Diqqat, tanlov! Jurnalistika sohasida “Oltin qalam” XIV milliy mukofoti

0
234
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi va Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi qator tashkilotlar bilan hamkorlikda milliy va xalqaro jurnalistikaning eng yuksak yutuqlarini keng ommalashtirish, ommaviy axborot vositalari xodimlari fuqarolik pozitsiyalarini namoyon etishlari uchun keng sharoit yaratish hamda jurnalistlarda tanqidiy tahliliy mushohada va ijodiy faoliyatga yangicha yondashuvlarni shakllantirish va ragʻbatlantirish maqsadida “Oltin qalam” XIV milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovni oʻtkazadi.

3-may – Jahon matbuoti erkinligi kuniga bagʻishlangan bu tanlovga 2018 yilning 31 martidan 2019 yilning 31 martigacha – bir yil davomida gazeta va jurnallarda chop etilgan, radio orqali efirga uzatilgan hamda televideniyeda koʻrsatilgan va Internet nashrlarida berilgan materiallar 2019 yilning 15 apreligacha qabul qilinadi.

Tanlov gʻoliblari uchun quyidagi mukofotlar taʼsis etilgan:

Jurnalistika sohasida bosh milliy mukofot. Gʻolib maxsus diplom, “Oltin qalam” koʻkrak nishoni, statuetkasi va Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqining 200 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Asosiy mukofotlar:

Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (televideniye – 1-, 2-, 3-oʻrinlar);

Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (radio – 1-, 2-, 3-oʻrinlar);

Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (bosma ommaviy axborot vositalari – 1-, 2-, 3-oʻrinlar);

Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (Internet-jurnalistika – 1-, 2-, 3-oʻrinlar).

Birinchi oʻrinni olgan gʻoliblar diplom, “Oltin qalam” koʻkrak nishoni, statuetkasi va eng kam ish haqining 160 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadilar.

Ikkinchi oʻrinni olgan gʻoliblar diplom, “Oltin qalam” koʻkrak nishoni, statuetkasi va eng kam ish haqining 140 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadilar.

Uchinchi oʻrinni olgan gʻoliblar diplom, “Oltin qalam” koʻkrak nishoni, statuetkasi va eng kam ish haqining 120 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadilar.

Ragʻbatlantiruvchi mukofotlar uchun nominatsiyalar:

Inson huquqlari mavzuisidagi eng yaxshi material:

Chet ellik jurnalistning Oʻzbekiston haqidagi eng yaxshi materiali uchun;

Eng yaxshi fotoreportaj;

Eng yaxshi matbuot xizmati.

Mazkur nominatsiyalar gʻoliblari diplom, “Oltin qalam” statuetkasi va eng kam ish haqining 50 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadilar.

“Oltin qalam” tanlovi gʻoliblarini mukofotlash, shuningdek, uni oʻtkazish bilan bogʻliq sarf-xarajatlar Oʻzbekiston ijodkorlarini qoʻllab-quvvatlash “Ilhom” jamoat fondining moliyaviy koʻmagida amalga oshiriladi.

Shuningdek, milliy hamkorlar hamda qator xalqaro tashkilotlarning Oʻzbekistondagi vakolatxonalari va elchixonalar ham oʻz ragʻbatlantiruvchi mukofotlarini taʼsis etgan (ilova qilinadi).

Tanlov shartlari:

Tanlovga tele-, radio-, bosma materiallar hamda Internet nashrlarida eʼlon qilingan ishlar taqdim etiladi (5 tadan kam boʻlmasligi kerak).

Televideniye boʻyicha videomateriallar (CD, DVD diskda) 3 daqiqadan 30 daqiqagacha boʻlishi kerak.

Radioeshittirishlar (CD, DVD diskda) 5 daqiqadan 30 daqiqagacha boʻlishi kerak.

Matbuot va Internet materiallari asl nusxada yoki koʻchirma nusxada taqdim etilishi lozim.

Tanlovga yuborilgan materiallarga quyidagilar ilova qilinishi lozim:

— muallif haqida maʼlumotnoma (obyektivka);

— muallifning turar joyi, uy va ish telefonlari;

— pasport nusxasi.

Tanlov gʻoliblarini tantanali mukofotlash marosimi 2019 yil 3 may – Jahon matbuoti erkinligi kuni tantanali ravishda oʻtkaziladi.

Mukofot bir shaxsga takroran berilmaydi.

Materiallar “Oltin qalam” tanloviga” deb koʻrsatilgan holda quyidagi manzilga yuborilishi lozim:

100011, Toshkent shahri, Navoiy koʻchasi, 30-uy.

Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, 3-qavat.

Telefonlar: 244-64-61; 244-37-87

www.Journalist.uz

I l o v a

Oltin qalam» XIV- Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov doirasida milliy hamkorlar taʼsis etgan nominatsiyalar:

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi:

«Mehnat munosabatlari yoritilgan eng yaxshi material uchun»

«Ijtimoiy sheriklik mavzusi yoritilgan eng yaxshi material uchun»

Oʻzbekiston Mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish Jamoat fondi:

«Hududiy yangiliklarni oʻziga xos uslubda bosma va internet nashrlarida yoritgan jurnalist»;

«Internet tarmogʻida yurtimizning ijobiy imidjini oshirishga qaratilgan maqolalar tayyorlagan jurnalist»;

«Hukumatimiz tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashishda olib borilayotgan islohotlarni tahliliy yoritgan jurnalist»;

«Davlatimiz tomonidan kam taʼminlangan oilalar uchun amalga oshirilayotgan loyihalar toʻgʻrisida tayyorlangan tahliliy maqola».

«Oltin qalam» XIV- Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov doirasidagi xalqaro tashkilotlar nominatsiyalari

1 .YUNYeSKOning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi:

1.«Jurnalistning axborot olish imkoniyatlari masalalari»;

2. «Jurnalistlarning professional faoliyati himoyasi uchun».

2. Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi delegatsiyasi:

1. «Oʻzbekistonning tashqi savdo siyosati rivoji toʻgʻrisida»gi eng yaxshi material uchun.

2. «Yevropa Ittifoqi va Oʻzbekiston oʻrtasidagi hamkorlik yoritilgan eng yaxshi foto yoki videohisobot (blog, video-fimlm yoki boshqa vizual mahsulot)» uchun.

3. Yevropada Xavfsizlik va xamkorlik tashkilotining Oʻzbekistondagi koordinatori ofisi:

«Terrorizmga qarshi kurashda OAVning roli»

4. Amerika Qoʻshma Shtatlari elchixonasi:

«Iqtisodiyotni rivojlantirishda Amerika-Oʻzbekiston munosabatlari yoritilgan eng yaxshi material uchun».

5. Rossiya Federatsiyasi elchixonasi:

Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi munosabatlar rivojiga bagʻishlangan eng yaxshi material uchun.

6. Turkiya Respublikasi elchixonasi:

1. «Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasida investitsiya loyihalarini rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan eng yaxshi material uchun»;

2. «Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasida turizmni rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan eng yaxshi material uchun»;

3. «Turkiya va turk madaniyati haqidagi eng yaxshi material uchun»;

4. «Turkiya tashqi siyosati haqidagi eng yaxshi material uchun».

7. Xitoy Xalq Respublikasi elchixonasi:

1. «Oʻzbek-xitoy ikki tomonlama hamkorligi toʻgʻrisidagi eng yaxshi material uchun»;

2. «Bir makon — bir yoʻl» loyihasi doirasidagi hamkorlik» mavzuiga bagʻishlangan eng yaxshi material uchun;

3.Xitoy toʻgʻrisidagi eng yaxshi material uchun.

8. Project HOPE (AQSH):

1. Bosma/internet OAVda sil kasalligiga qarshi kurash haqidagi eng yaxshi material uchun;

2. Sil kasalligiga qarshi kurash mavzuiga bagʻishlangan eng yaxshi tele/radio material uchun;

3. Sil kasaliga mubtalo boʻlgan odamlarni kamsitishga qarshi kurash (yoki sil kasaliga mubtalo boʻlganlarga nisbatan bagʻrikenglikni shakllantirish) mavzuidagi material uchun.

9. “Mintaqaviy muloqot” xalqaro nodavlat tashkiloti (Sloveniya)

«OAVda korrupsiyaga qarshi kurash masalalari eng yaxshi yoritilgan material uchun”.

10. DVV International (Germaniya)

«Aholining zaif qalamlarini ijtimoiy va psixologik qoʻllab-quvvatlashda fuqarolik jamiyati va OAVning roli» toʻgʻrisidagi material uchun.

11. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi va «Rosatom» davlat korporatsiyasi:

«Oʻzbekistonning atom energetikasi mavzui yoritilgan eng yaxshi material uchun».

Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi va Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.