«Fukarolik jamiyati tashkilotlarining salohiyatini oshirish» mavzusida davra suhbati

0
216
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston nodavlat notijorat takilotlari milliy assotsiatsiyasi davlat va jamiyat oʻrtasidagi mustahkam koʻprik sifatida xalqimiz boshiga tushgan ogʻir sinovli kunlarda har bir yurtdoshimizning dardiga sherik boʻlib, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlab samarali faoliyat olib bormoqda.

 Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi hamda Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlarini qoʻllab quvvatlash jamoat fondi bilan hamkorlikda  oʻtkazilgan  «Fukarolik jamiyati tashkilotlarining salohiyatini oshirish»  mavzusiga bagʻishlangan  davra suhbatining kirish soʻzida OʻzNNTMA  raisi Nasimjon Alimov bu haqida alohida gapirdi:

– Hukumatimiz va yurtdoshlarimiz ogʻir va sinovli bugungi kunlarda chinakam sabr-toqat va masʼuliyat, mehr-oqibat fazilatlarini namoyon etyapti. Buni jahon hamjamiyati ham tan olib, har tomonlama eʼtirof etmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 16 iyun kuni xizmat koʻrsatish va ichki turizm sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha  oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida davlatimiz rahbari  pandemiyaga qarshi kurashishda hushyorlik va masʼuliyatni oʻn karra oshiradigan yangi bosqich boshlanmoqda deya taʼkidladi. Pandemiya sharoitida oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turi bandlikni taʼminlash borasida katta resurs ekanligini, iqtisodiyotga ham munosib hissa qoʻshishini  gapirdi. Nodavlat notijorat tashkilotlari ham  ushbu masalaga alohida eʼtibor qaratishi kerak.

Shuningdek tadbirda OʻzNNTQQJFi rahbari Samandar Xalilov dunyoda va Oʻzbekistonda OIV boʻyicha epidemiologik vaziyat, OIV infeksiyasi tarqalishini oldini olish boʻyicha faoliyat olib borayotgan davlat tashkilotlari va NNTlari oʻrtasidagi samarali hamkorlikni yaratish borasida gapirdi.

Tadbirda NNTlarni moliyalashtirish mexanizmi, Davlat grantlari uchun loyiha takliflarini ishlab chiqish masalariga ham toʻxtalib oʻtildi.

OʻzNNTMA Toshkent shahar xududiy boʻlimi tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbirda 10 dan ziyod  poytaxtda faoliyat yuritayotgan  nodavlat notijorat tashkilotlari   rahbarlari  faol ishtirok etdi.

R. SAPAYEVA

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.