Fuqarolar yigʻinlari raislarining malakasi  oshirilmoqda

0
176
marta koʻrilgan.

Joriy yilning 1-20 may kunlari Toshkent shahrida fuqarolar yiginlari raislari (oksokollari) saylovi oʻtkazildi.

Mazkur tadbirlar rejasining 3-bosqichida saylovlarda munosib qatnashib, fuqarolar ishonchi bilan saylangan raislar uchun, mintaqalarga taqsimlangan holda  oʻkuv-seminarlar oʻtkazilmoqda. Rejaga asosan oʻkuv-seminarlar Fuqarolarni oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Toshkent shahar kengashi “Mahalla ziyosi” respublika oʻquv uslubiy markazi hamda mutasaddi tashkilotlar tomonidan joriy yilning 10 iyundan 6 iyul sanasiga qadar oʻtkazilishi belgilangan.

Rejaga asosan,  oʻkuv mashgʻulotlar 1-mintaqa Toshkent Davlat pedagogika universitetida: Chilonzor,Uchtepa, Sergeli tumanlari; 2-mintaqa Toshkent Axborot texnologiyalari universitetida: Yunusobod, M.Ulugʻbek tumanlari, 3- mintaqa Oʻzbekiston Milliy universitetida: Shayxontoxur, Olmazor  tumanlari; 4-mintaqa Toshkent avtomobil yillarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi institutida:  Mirobod, Yakkasaroy, Yashnabod, Bektemir tumanlari uchun oʻtkaziladi.

Bugungi kunda Toshkent Davlat pedagogika universiteti va  Toshkent Axborot texnologiyalari universitetida Chilonzor,Uchtepa, Sergeli, Yunusobod va M.Ulugʻbek tumanlarining 269 nafar mahalla faollari oʻkuv mashgʻulotlarda tahsil olmoqdalar.

Oʻquv mashgʻulotlar dasturi, 1-bosqich davomida nomzodlar bilan oʻtkazilgan suhbat jarayonida berilgan takliflar asosida tuzilgan. Tadbirga poytaxtimizdagi yirik oliy taʼlim muassasalari va tashkilotlarida mehnat qilayotgan professor-oʻqituvchilar, Xalq deputatlari Toshkent shahar va tuman Kengashi deputatlari, Toshkent shahar adliya, moliya, soliq boshqarmalari, FJSHMQMI, “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi shahar boʻlinmalari mutaxassislari jalb etilgan.

Oʻquv-seminarlar jarayonida mahalla faollari maʼruzachilar tomonidan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshkarish organlarining tashkiliy-huquqiy asoslari, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibini tashkil etish, raislarning huquq va majburiyatlari, “Ijtimoiy sheriklik toʻgʻrisida”gi va “Jamoatchilik nazorat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlarining mazmun-mohiyati, shuningdek, 2018 yil 4 iyulda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Davlat organlari huzurida jamoatchilik kengashlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi karorida belgilangan vazifalarga batafsil sharhlab berilmoqda.

Oʻquv-seminarlar  davomida mahalla faollari mutaxassislar yordamida ish jarayonida uchraydigan, shuningdek, ularning faoliyatiga toʻsqinlik qilayotgan hamda oʻz yechimini topishi lozim boʻlgan vaziyatlarni oʻzaro muhokama qilib, bilim va tajribalarini oshirmoqdalar.      

Mavluda Tadjiyeva

FJSHMQMI Toshkent shahar hududiy boʻlinmasi

 

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.