Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish boʻyicha maslahat kengashi majlisi

0
396
marta koʻrilgan.

Oʻzbekistan Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi konferensiyalar zalida Oʻzbekistan Respublikasi Prezidenti xuzuridagi Fukarolik jamiyatini rivojlantirish maslahat kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Unda kengashi aʼzolari, vazirlik, mutasaddi idoralar, nodavlat notijorat tashkilotlar va ommaviy axborot vositalari vakillari  qatnashdilar.

Yigʻilishda kengash raisi  Akmal Saidov mamlakatimiz  Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 28 dekabrdagi Oʻzbekistan Respublikasi Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasida respublikamizda erkin fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirish islohotlarning muhim yoʻnalishlaridan biri ekanligi, shuningdek unda  Maslahat kengashiga daxldor vazifalar – xalk bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot koʻlamini yanada kengaytirish, bolalar, yoshlar va ayollarni ijtimoiy qoʻllab — quvvatlash tizimini yanada kuchaytirish, jamiyatda sogʻlom turmush tarzini taʼminlash, milliy oʻzlikni anglashni mustahkamlash ekanligi taʼkidladi.

Bugungi kunda davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida demokratik oʻzgarishlarni amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining roli va ahamiyati kun sayin oshib bormoqda.

2019 yilning asosiy jihatlari may oyida mahalla fuqarolar yigʻinlari oqsoqollari va dekabr oyida Oliy Majlis va Xalk deputatlari viloyat Kengashlariga oʻtkaziladigan saylovlar hisoblanadi. Mazkur saylov jarayonlari yangi tashkiliy-huquqiy sharoitlarda oʻtkazilib, aholining fuqarolik faolligining oʻsishida muhim omil boʻlib xizmat qiladi.

Bularning barchasi Maslahat kengashi faoliyatining dastlabki bosqichida amalga oshirilgan ishlarni talab darajasida baholashda hamda 2019 yilda kengash faoliyatining ustuvor yunalishlarini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Maslahat kengashi rahbari A.Saidov tomonidan oʻtgan 2018 yilda qilingan ishlarga yakun yasalar ekan, 4 oy davomida Kengashning oldida turgan tashkiliy vazifalar samarali yakunlanganligi taʼkidlab oʻtildi. Jumladan, kengash huzurida faoliyat olib borayotgan 12 ta komissiya qoshida malakali ekspertlardan iborat ishchi guruhlar shakllantirilganligi, har bir komissiya ishini muvofiqlashtirib borilishini taʼminlash maqsadida Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti xodimlari biriktirilganligi aytildi.

Maslahat kengashining birinchi yigʻilishi qarorida ishchi guruhlar ekspertlari oldiga qoʻyilgan vazifalar yuzasidan amaliy natijalarga erishildi.

Jumladan, «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik markazi bilan hamkorlikda fuqarolik jamiyati sohasida tadqiqotlarning yangi uslublarini sinovdan oʻtkazish jarayoni boshlab yuborildi va «Fuqarolar NNT haqida: tasavvurlar, fikrlar, natijalar» mavzusida soʻrov oʻtkazildi.

Kengashning tegishli komissiyalari tomonidan Oʻzbekistan Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va Parlament tadqiqotlari instituti va Qonunchilik palatasining demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlari va fuqarolarni oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi bilan hamkorlikda fuqarolik jamiyatini tartibga soluvchi amaldagi qonunchilik hujjatlari xatlovdan oʻtkazildi.

Oʻzini oʻzi boshqarish tizimining xorijiy tajribasi oʻrganilib, qonunchilik hujjatlari taʼsirchanligini baholashni va bu jarayonda fuqarolik jamiyati institutlari ishtirokini taʼminlashni huquqiy tartibga solish boʻyicha takliflar tayyorlandi. Shuningdek, ijtimoiy sheriklikni amalga oshirishning ikki sektorli modelidan uch sektorli modeliga oʻtishni, biznes subyektlarini ushbu jarayonlardagi ishtirokini nazarda tutadigan asosnoma tayyorlandi.

Sogʻliqni saqlash, Maktabgacha taʼlim va Xalk taʼlimi, Uy-joy kommun al xizmat koʻrsatish hamda Bandlik va mehnatni muhofaza qilish vazirliklarining hududny boshqarmalari faoliyatida xalq bilan muloqot jarayoni va aholining ijtimoiy kayfiyatiga taʼsir etuvchi muammolar tahlili oʻtkazildi. Tahlil boʻyicha qilingan xulosalar mamlakat Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasida xalq bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyishga qaratilgan vazifalar doirasida kengash faoliyatini tashkil etishda amaliy ahamiyatga egadir.

Shuningdek, Fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish boʻyicha 1992 yildan 2018 yilgacha boʻlgan davrda himoya qilingan 220ta ilmiy dissertatsiyalar xatlovi oʻtkazildi. Ularning Oʻzbekistonda fuqarolik jamiyati rivojlanishining milliy modelini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega ekanligi inobatga olingan holda oliy toifali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar ixtisosliklariga fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga qaratilgan ixtisosliklarni kiritish borasida takliflar ishlab chiqildi.

Fukarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti qoshida doimiy faoliyat olib boruvchi fuqarolik jamiyatini rivojlantirish boʻyicha ilmiy-metodik seminar va institut xududiy boʻlinmalarida ilmiy-oʻquv laboratoriyalarni tashkil etish boʻyicha takliflar tayyorlandi.

Tegishli komissiyalar tomonidan fuqarolik jamiyati institutlarining kadrlarga boʻlgan ehtiyoji oʻrganib chiqildi va 2019-2020 oʻquv yilidan boshlab oliy taʼlim muassasalarida mazkur yoʻnalish boʻyicha mutaxassis kadrlar tayyorlash takliflari ishlab chiqildi. Shuningdek, jamoatchilik nazoratini amalga oshirish va davlat tashkilotlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari faoliyati boʻyicha hududiy seminarlar oʻtkazish boʻyicha tashkiliy ishlar amalga oshirildi. Yigilishda taʼkidlanganidek, 2018 yilda erishilgan amaliy natijalar Yurtboshimizning Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasidan kelib chiqadigan vazifalarni bajarishda Maslahat kengashining kelgusidagi samarali faoliyati uchun asos boʻlib xizmat qiladi.

Shuningdek, majlisda 2019 yilga muljallangan «Jamiyat va davlat xayotining barcha soxalarida demokratik uzgarishlarni amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining roli va ahamiyatini, ijtimoiy faolligini oshirish boʻyicha ”Yoʻl xaritasi”ning ustuvor yoʻnalishlari asos sifatida qabul qilinib, uning loyihasi Maslahat kengashining komissiyalariga jamoatchilik muhokamasini tashkil etish  va tasdiqlash uchun taqdim etildi.

Hayotxon Qoʻchqorova

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.