Hamkorlarimiz faoliyatidan: Mukarrama Turgʻunboyevaning 110 yilligiga – “Bahor”ning betakror malikasi

0
76
marta koʻrilgan.

Ayni kunlarda  oʻzbek milliy raqs sanʼatiga munosib hissa qoʻshgan, raqqosalar ustozi Mukarrama Turgʻunboyevaning 110 yilligi munosabati bilan koʻplab madaniy tadbirlar boʻlib oʻtmoqda.

Toshkent shahar “Bilim” axborot-kutubxona markazida Oʻzbek milliy raqs sanʼatiga oʻzining beqiyos hissasini qoʻshgan, oʻzbek milliy raqs sanʼatining qirolichasi Mukarrama Turgʻunboyevaning 110 yilligi munosabati bilan, “Bahor”ning betakror malikasi” nomli xotira kechasi oʻtkazildi.

Kechada sanʼatshunos, raqs boʻyicha mutaxassis Nurxon Zulinova, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Nargiza Olimova, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Davron Rajab, Chilonzor Oqila ayollar yetakchilari, kutubxona mutaxassislari hamda kitobxonlar ishtirok etishdi.

 Tadbirni kutubxona direktori Hafiza Karimova ochib, mashhur oʻzbek raqqosasisini milliy raqs sanʼatimiz dargʻasi deya taʼrifladi. Soʻzga chiqqanlar Mukarrama Turgʻunboyeva uzoq yillar davomida “Bahor” ansamblida xizmat qilgani va oʻzbek xoreografiyasining oltin fondidan oʻrin olgan «Tanovar», «Katta oʻyin», «Janon», «Pilla», «Paxta» kabi oʻzbek milliy raqslarining asoschisi va betakror ijrochisi ekanligini va uning serqirra iqtidor sohibi ekanligini aytib oʻtishdi.

 Tadbir davomida soʻnggi yillarda mamlakatimizda milliy raqs sanʼatining anʼanalari va maktablarini tiklashga alohida eʼtibor qaratilgani ham katta iftixor bilan tilga olindi. Shuningdek, kutubxona mutaxassislari tomonidan tayyorlangan taniqli raqqosa tavalludining 110 yilligiga bagʻishlangan videorolik namoyish etildi.

Tadbir soʻngida mehmonlarga kutubxona rahbari tomonidan tashakkurnomalar taqdim etildi. Tadbir juda mazmunli oʻtkazilib, ishtirokchilarda katta taassurotlar qoldirdi.                                           

 D. Rahimboboyeva, Toshkent shahar «Bilim» AKM mutaxassisi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.