Hududlarda davlat organlarining korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali muvofiqlashtirish

0
147
marta koʻrilgan.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi majlislar zalida korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashlari uchun “Hududlarda davlat organlarining korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali muvofiqlashtirish”  mavzusida seminar boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi hamda BMT Taraqqiyot Dasturi hamkorligida tashkil etilgan mazkur tadbirda Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashlari kotiblari, Kengash tarkibidagi NNTlar va kengashga masʼul kotibiyat xodimlari ishtirok etdi.

Bir kunlik seminarni Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori oʻrinbosari  Zohidjon Yusupov yigʻilishni qisqacha kirish soʻzi bilan ochib, seminarning maqsad va vazifalari hamda tartibi bilan tanishtirdi.

Oliy Majlis Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Sh. Choʻliyev korrupsiyaga qarshi kurashishga doir qonun va qonun osti hujjatlari bilan tanishtirdi.

BMT Taraqqiyot Dasturining Oʻzbekistondagi doimiy vakili oʻrinbosari  Donna Munteanu  korrupsiyaga qarshi kurashishda oʻz tashkiloti amalga oshirayotgan ishlarga qisqacha toʻxtalib oʻtdi.

Jizzax viloyati kotibi Nodira Karimova va Fargʻona viloyat kengashi kotibi Sherzod Karimov hududiy kengashlarning faoliyatini tashkil etish usullari xususida  oʻz tajribalaridan kelib chiqib gapirib berishdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi masʼul xodimi Bahrom Burxanitdinov hududiy kengashlar faoliyatini reyting baholash metodikasiga asosan ishni tashkil etish masalalari xususida maʼruza qildi.

Shuningdek,. Xalqaro ekspert va trener Alena Vandiʼsheva hududiy kengashlarning fuqarolik jamiyati va OAVlari bilan oʻzaro hamkorligi hamda loyiha va dasturlarni amalga oshirishda gender yondashuvi: mahalliy tashabbuslarni qanday rivojlantirish kerak degan mavzuda xalqaro tajribalar bilan tanishtirdi.

Adliya vazirligi Jinoyat siyosati va jinoyat huquqi boshqarmasining katta mutaxassisi Venla Mantysalo Mahalliy darajada  korrupsiyaga qarshi kurash organlarining ishini muvofiqlashtirishda Finlandiya nuqtai nazarini inlayn tarzda tushuntirib berdi.

 “Yuksalish” umummilliy  harakati boshqarma boshligʻi Umid Rajabov  jamoatchilik monitorgi va eshituvini samarali tashkil etish mavzusida gapirdi. Seminar ishtirokchilari  amaliy mashgʻulotlarda oʻzaro fikr va tajriba almashishdi. Seminar qizgʻin va samarali kechdi. Ishtirokchilarga majlis  yakunida sertifikatlar topshirildi.

GUJUM.UZ

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.