Inson manfaatlari hamma narsadan ustun

0
477
marta koʻrilgan.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli yangilanishlar “Inson, jamiyat, davlat»  tamoyiliga yaʼni inson manfaatlari hamma narsadan ustun” degan ezgu amallarga asoslanadi. Bu xayrli yumushga yurtimizdagi fuqarolik jamiyati institutlari, nodavlat tashkilotlar ham faol hissa qoʻshib kelmoqda. 

Oʻzbekiston Qizil Yarim  Oy Jamiyati Toshkent shahar tashkiloti va Halq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi Jamoat fondi hamkorligida 2022 yil 16 mart kuni  “Kommunikatsiya” dasturi boʻyicha yaʼni nodavlat notijorat tashkilotlari oʻrtasida axborot almashish maqsadida  seminar tashkil etildi.

Tadbirda  Oʻzbekiston Qizil Yarim Oy Jamiyati Toshkent shahar tashkiloti, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi jamoat fondi, Toshkent shahar adliya boshqarmasi vakillari, Ijtimoiy sheriklik boʻyicha jamoat komissiyasi aʼzolari, NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari xamda OAV vakillari ishtirok etdilar.

Seminarda    Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy  Xalqaro harakatining tarixi, tarkibiy  qismlari, vazifalari, asosiy tamoyillari hamda  Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy  Xalqaro harakatining nishonlari ularning paydo boʻlish sabablari, hozirgi kundagi faoliyati va erishilayotgan yutuqlari bilan tanishtirildi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy  Xalqaro harakatining asoschisi, tarkibiy  qismlari, maqsad — vazifalari, Oʻzbekiston Qizil Yarim Oy Jamiyatining tamoyillar asosidagi faoliyati toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar berib oʻtdilar.

Shu bilan birga  nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash, yanada rivojlantirish va ularning mamlakatda demokratik oʻzgarishlarni amalga oshirishda, jamiyatni erkinlashtirishda faol ishtirok etishiga koʻmaklashish maqsadida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi Jamoat fondi tomonidan 2022 yil uchun ”Hech kim mehr va eʼtibordan chetda qolmaydi” mavzusidagi Davlat grantining 1-tanlovi eʼlon  qilindi.

Yigʻilishda Jamoat fondi rahbari, Xalq deputatlari Toshkent shahar  Kengashi deputati  H.Qoʻchqarova qatnashib, jamoat fondining faoliyati, amalga oshirilgan ishlar, ijtimoiy sheriklik darajasi, ajratilgan  grantlar yuzasidan batafsil gapirdi.

Tadbir davomida Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari tomonidan oʻzlari qiziqtirgan savollarga javoblar olindi.

 Seminar soʻngida  ishtirokchilar bilan Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi jamoat fondi tomonidan  eʼlon qilingan Davlat grantining 1-tanlovi   yuzasidan loyihalarni yozish boʻyicha malakali mutaxassilar ishtirokida  oʻquv seminar  oʻtkazilishiga kelishib olindi.

  Mavluda TOJIYEVA, Xalq deputatlari Toshkent   shahar Kengashi  huzuridagi Jamoat fondi bosh mutaxassisi   

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.