Inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirishda nodavlat notijorat tashkilotlarining tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash

0
327
marta koʻrilgan.

 Toshkent shahrida 2022 yil 23 dekabr kuni Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Toshkent davlat yuridik universiteti hamkorligida “Inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirishda nodavlat notijorat tashkilotlarining tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash” mavzuida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Tadbirda deputat, senator va Adliya vazirligi mutaxassislari qatnashib NNT vakillarini qiziqtirgan savollarga  javob berishdi.  Seminar fikr va tajriba  almashish  tarzida samimiy ruhda oʻtkazildi.  

Tadbirda Yangi Oʻzbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlari  faoliyatini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun faol nodavlat notijorat tashkilotlari hamda hamkorlar taqdirlandi.

Ular safida bizning «Sogʻlom ona va bola»  nodavlat notijorat tashkilotimiz hamda gujum. uz saytimiz ham borligidan  xursandmiz.  Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasiga oʻz minnatdorligimizni bildiramiz. 

Raʼno ZARIPOVA, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.