Ishsiz xotin-qizlar va yoshlarni biznes yuritishga oʻrgatadigan mahorat darslari

0
186
marta koʻrilgan.

Chilonzor tumanidagi “Oʻrikzor mahallasida ”Oʻzbekiston tadbirkorlar va fermerlarni qoʻllab-quvvatlash markazi Toshkent shahar filiali tomonidan «Tadbirkor boʻlish oson» loyihasi doirasida oʻquv seminari tashkil etildi.

Seminarning maqsadi temir daftardagi ayollarga oʻzini va oilasini taʼminlay oladigan tadbirkor boʻlish, band boʻlmagan ishsiz ayollar va yoshlarni foydali mehnat faoliyatiga oʻrgatish, yangi tadbirkorlik subyektlarini barpo etish va qoʻshimcha ish oʻrinlarini yaratishdan iboratdir. Xususiy tadbirkorlikni yanada jadallashtirish  yurtimizda milliy biznes va yalpi milliy mahsulotning oʻsishiga, aholining farovonligi  va  yashash tarzining yuksalishiga munosib hissa qoʻshadi.

Zero, iqtisodiyotning barqaror oʻsishi hamda aholi hayot darajasining ortishi koʻp jihatdan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga bogʻliq.

Mahallalarda ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan omillarni bartaraf etish, aholi ongiga Yangi Oʻzbekiston islohotlarining mazmun-mohiyatini singdirish, inson qadrini va xalqning ijtimoiy kayfiyatini yuksaltirishdan iborat.

 “Ayollar”, “Yoshlar”, “Temir” va “Mehr” daftarlariga kiritilgan ishsiz xotin-qizlar va yoshlarni biznes yuritishga oʻrgatish, moliyaviy savodxonligini, bilim va malakalarini oshirish hamda ularning biznes tashabbuslari, gʻoyalari va loyihalarini amaliyotga jorish qilishga  koʻmaklashish maqsadida targʻibot tadbirlari  turli mahallalarda muntazam tashkil qilinyapti.

Baxtiyor NASRULLAYEV

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.