Komissiyalar faoliyati: bugun va erta

0
220
marta koʻrilgan.

 “Yuksalish” umummilliy harakati majlislar zalida “Fuqarolik jamiyati institutlarining davlat tashkilotlari bilan oʻzaro xamkorligi: Xalq deputatlari mahalliy kengashlardagi doimiy komissiyalar oldida turgan vazifalar” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

Tadbir “Yuksalish” umummilliy harakati, Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish markazi, Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiya Toshkent shahar hududiy boʻlinmalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati xamkorligida oʻtkazildi.

Davra suhbatida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati aʼzolari, Xalq deputatlari Toshkent shahar va tuman Kengashlari kotibiyat mudirlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlikda ishlash masalalari boʻyicha doimiy komissiya raislari ishtirok etdilar.

Mazkur tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad Xalq deputatlari mahalliy kengashlardagi doimiy komissiyalar oldida turgan vazifalar, davlat va jamoat tashkilotlar bilan xamkorlikda hududlarda faoliyat yuritayotgan fuqarolik jamiyati institutlari bilan amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlarni muhokama etishdan iboratdir.

Tadbirda, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati aʼzosi T.Madumarov oʻz maʼruzasida bugungi kunda mamlakatimizda 213 ta xalq deputatlari mahalliy Kengashi (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi bundan mustasno) mavjudligi, ularda 1551 ta doimiy komissiya, qariyb 6567 nafar deputat faoliyat yuritayotganligini taʼkidlab oʻtdi. Shuningdek, “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 24 yanvar kuni Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasida belgilangan vazifalar toʻgʻrisida hamda Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlarining asosiy  vakolatlari, nazorat funksiyalari, mahalliy kengashlari doimiy komissiyalari faoliyatining asosiy yoʻnalishlari va ularning faoliyati doirasida hamkorlikda ishlaydigan hududiy davlat organlari, tashkilotlari va muassasalari toʻgʻrisida batafsil tushunchalar berib oʻtdi. Shuningdek, tadbirga taklif etilgan Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari masalalari boʻyicha doimiy komissiya aʼzolarining asosiy vazifalari, joylarda ishlarni tashkil etish borasida qanday masalalarga etibor qaratishi lozimligi boʻyicha koʻrsatmalar hamda taklif va tavsiyalar berib oʻtildi.

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlikda ishlash masalalari boʻyicha doimiy komissiya raisi T. Matibayev doimiy komissiyasining 2020 yildagi rejalari toʻgʻrisida batafsil toʻxtalib, tuman Kengashlari kotibiyat mudirlari va raislarini hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan oʻz takliflarini berib oʻtdi.

Oʻzbekiston Nodavlat notijorat Milliy assotsiatsiyasining raisi N.Alimov soʻzga chiqib, ishtirokchilarni, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi tomonidan eʼlon qilinadigan davlat grantlari tanlovlarida faol ishtirok etishlarini taʼminlash va Assotsiatsiyaning Toshkent shahar hududiy boʻlinmasi bilan yaqindan hamkorlikni kuchaytirish boʻyicha  faollikka chaqirdi.

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari, “Yuksalish” umummilliy harakati, Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish markazi Toshkent shahar boʻlinmalari rahbarlari D.Shoumarov va H.Qoʻchkarovalar tomonidan soʻnggi yillar davomida mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlanishi borasida, jamiyat institutlarining davlat organlari va tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorligini kuchaytirish boʻyicha samarali ishlar amalga oshirilayotgani, qabul qilinayotgan huquqiy-normativ xujjatlarda yaqqol namoyon boʻlayotganini taʼkidlab, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 oktyabrdagi PQ-4473-sonli  va 30 oktyabrdagi PQ-4501-sonli qarorlarida belgilangan vazifalar toʻgʻrisida fikrlar bildirildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan bu kabi davra suhbatlarini tumanlar miqyosida doimiy komissiya aʼzolari va nodavlat notijorat tashkilotlar ishtirokida oʻtkazib, ular oldidagi turgan muammolarni xal etish, nodavlat notijorat tashkilotlarni jalb etgan holda normativ-huquqiy xujjatlarga takliflar kiritish, shaharda ijtimoiy sohadagi masalalarni  xal etish va ularni moliyalashtirish boʻyicha Toshkent shahar hokimligi xuzuridagi Jamoat kengashiga asoslangan loyihalarni kiritish masalalar muxokama etildi.

Davra suhbati soʻngida “Yuksalish” umummilliy harakati, Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish markazi va Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari Milliy assotsiatsiya Toshkent shahar hududiy boʻlinmalari tomonidan xamkorlik Memorandumi imzolandi.

H. QOʻChQAROVA

 

 

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.