“Millatlararo bagʻrikenglik va doʻstlik muhitini mustahkamlashda fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash”  mavzuida Davlat grantlari

0
206
marta koʻrilgan.

Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi “Millatlararo bagʻrikenglik va doʻstlik muhitini mustahkamlashda fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash”  mavzuida Davlat grantlari ajratish uchun 6-tanlovni

EʼLON QILADI.

Tanlovga nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatini boshqa institutlarining quyidagi maqsadlarni nazarda tutgan ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalari qabul qilinadi:

  1. Aholi, avvalambor, yoshlarda bagʻrikenglik va umuminsoniy qadriyatlarni mustahkamlash;
  2. Yosh avlodni tarbiyalashda oʻzbek xalqining milliy, tarixiy va madaniy merosini, boy tarixini, yangi Oʻzbekistonning yutuqlarini targʻib etish;
  3. Jamiyatda tinchlik va barqarorlik, millatlararo totuvlikni taʼminlash, xorijdagi vatandoshlarning huquq va manfaatlarini taʼminlashga koʻmaklashish;
  4. Xalq diplomatiyasini rivojlantirish, Markaziy Osiyoda doʻstlik hamda hamkorlikni mustahkamlash;
  5. Xalqimizning nomoddiy madaniy merosini (xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy sanʼati, folklor yodgorliklari, milliy bayramlar, festivallar, milliy taomlar va boshqalar) xorijiy auditoriya oʻrtasida ommalashtirish;
  6. Jamiyatda oʻzaro hurmat, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini shakllantirishda, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda rivojlantirishda fuqarolik jamiyati institutlarining ahamiyati va nufuzini oshirish;
  7. Jamiyatda millatlararo totuvlikni mustahkamlash boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida xalqaro jamoatchilikni xabardor qilish;
  8. Fuqarolik, millatlararo va tinchlik hamda totuvlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan festivallar, forumlar, tanlovlar, uchrashuvlar va boshqa tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish;
  9. Madaniy merosni saqlash, aholi oʻrtasida madaniy merosga boʻlgan munosabatni yanada yuksaltirish, ularni kelajak avlodga bekamu koʻst yetkazish va madaniy merosga boʻlgan munosabatni shakllantirish borasida targʻibot ishlarini olib borish;
  10. Turli millat va elat vakillari oʻrtasidagi totuvlikni taʼminlash tajribasini ommalashtirish, targʻib qilishga bagʻishlangan kitoblar, toʻplamlar, teleradio koʻrsatuv, eshittirishlar tayyorlash;
  11. “Oʻzbekiston umumiy uyimiz” shiori ostida insholar va boshqa koʻrinishdagi tanlovlar tashkil etish.

Davlat granti ajratish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: 

  1. Tashkilot rahbari tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv xati. 
  2. www.foundngo.uz veb-saytida joylashtirilgan shaklda toʻldirilgan davlat granti loyihasi uchun ariza.
  3. Oxirgi oʻzgartish va qoʻshimchalar bilan davlat roʻyxatidan oʻtgan NNTlar va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining Ustavi (Nizomi) nusxasi.
  4. Tashkilotning davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi. 
  5. Agar loyihani amalga oshirish litsenziyalanadigan faoliyatni talab qilsa, unda litsenziyaning nusxasi.
  6. Manfaatdor davlat va jamoat tashkilotlarining tavsiya hamda qoʻllab-quvvatlash xatlari. 

Bitta loyiha uchun ajratiladigan grant miqdori – 40 million soʻmgacha. 

Hujjatlar 2021 yil 25 noyabrdan 26 dekabrgacha qabul qilinadi.

Hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNTlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi nomiga “Oʻzbekiston pochtasi” orqali yuboriladigan muhrlangan konvertlarda (A4 formatda) quyidagi manzil boʻyicha qabul qilinadi: 100035, Toshkent shahri, Bunyodkor koʻchasi, 1-uy. 

Hujjatlarni taqdim etish shartlari va namunalari bilan Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining www.fondngo.uz rasmiy veb-saytida tanishish mumkin. 

Maʼlumot uchun telefonlar: (0-371) 239-26-76, 2

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.