Milliy forum mohiyati: Inson qadri va xalq manfaati hamma narsadan ustun  

0
315
marta koʻrilgan.

Bugun poytaxtning «International Hotel Tashkent» mehmonxonasida Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz, Adliya vazirligi, Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, “Yuksalish” umummilliy harakati hamda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan “Inson huquqlari va manfaatlarini taʼminlashda davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining hamkorligi” mavzusida Milliy forum boʻlib oʻtdi.

Unda qator davlat tashkilotlari, vazirlik, idora va fuqarolik jamiyati instituti vakillari, xususan, Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi xodimlari hamda zoom dasturi orqali Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi hududiy boʻllimlari vakillari, shuningdek    xalqaro tashkilotlar va diplomatik korpus vakillari ham ishtirok etishdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 22 iyundagi “Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmonidan kelib chiqib, inson huquqlarini himoya qilish sohasida davlat va nodavlat tashkilotlarining  oʻzaro hamkorlik qilish mexanizmlarini takomillashtirish hamda ushbu yoʻnalishda davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari oʻrtasida maslahatlashuv oʻtkazish amaliyotini yanada kengaytirish provard natijada hamkorlikda inson qadri va xalq manfaati hamma narsadan ustun degan ezgu gʻoyani amalga oshirish Milliy forumning asosiy maqsadi etib belgilandi.

 

Shundan kelib chiqib, forum ishida Oʻzbekistonda inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlari, yoshlarning huquq va manfaatlarini taʼminlashning dolzarb ahamiyati, nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash, himoya qilishda davlat va nodavlat tashkilotlarining hamkorligi hamda fuqarolarning ekologik va bepul yuridik yordam olish huquqlari kabi masalalar muhokama markazida boʻldi.

Qayd etildiki, bugungi kunda konstitutsiyaviy islohotlarning “Inson qadri va xalq manfaati hamma narsadan ustun” degan ezgu gʻoya asosida amalga oshirilayotgani ham Inson huquqlari boʻyicha Milliy strategiyaning oʻz vaqtida qabul qilingani va mamlakat rivojlanishi yoʻlida zarur qadam boʻlganini koʻrsatadi.

Yurtimizda inson huquqlari va erkinliklarini taʼminlash boʻyicha olib borilayotgan davlat siyosatini amalga oshirishning asosiy vazifalari va yoʻnalishlarini oʻzida aks ettirgan mazkur Milliy strategiya mamlakatimiz  Konstitutsiyasi va Oʻzbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan qator xalqaro shartnomalarda belgilab berilgan inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish sohasida muvofiqlashtiruvchi siyosatning samarali vositasiga aylana oldi.

Oʻtgan davr mobaynida Milliy strategiyani amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ning jami 78 bandidan 60 band (76%) boʻyicha ishlar bajarildi, 18 bandni (24%) amalga oshirish boʻyicha ishlar davom etmoqda.

Milliy strategiyada inson huquqlarini himoya qilishning turli jihatlarini tartibga soluvchi 12 ta kodeks hamda 33 ta qonun va boshqa hujjatlarni qabul qilish nazarda tutilgan. Bugunga qadar 2 ta kodeks Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, Senat tomonidan koʻrib chiqilmoqda.

Boshqa kodekslar loyihalari, jumladan, Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisidagi kodeks ham turli bosqichlarda muhokama jarayonidan oʻtkazilmoqda. Qolaversa, 11 ta qonun, 10 ta farmon va qarorlar qabul qilindi. Shuningdek, Milliy strategiya tadbirlari doirasida inson huquqlari boʻyicha 3 ta xalqaro shartnoma ratifikatsiya qilindi.

Forum ishtirokchilarning taʼkidlashicha, oʻtgan ikki yil davomida Milliy strategiya doirasida inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarning toʻliq bajarilishiga erishilmoqda, inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilishni taʼminlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy mexanizm yaratildi, fuqarolik jamiyati institutlarining faol vakillari, xususan, NNTlar tomonidan aholining inson huquqlari sohasidagi huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan  turkum targʻibor tadbirlari natijasida ularning huquqiy madaniyati oshirish holati yaxshilandi hamda inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar, xorijiy mamlakatlar milliy institutlari bilan hamkorlik yangi bosqichga koʻtarildi.

Mazkur islohotlar izchilligini taʼminlash maqsadida forum ishtirokchilari tomonidan Milliy strategiyadan kelib chiqib, 2030 yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekistonning Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishida parlament va fuqarolik jamiyati institutlarining rolini oshirish, qonun ijodkorligi jarayonida fuqarolik jamiyati institutlari bilan maslahatlashuvlarni oʻtkazish amaliyotini takomillashtirish, qolaversa, aholining imkoniyati cheklangan guruhlari huquqlarini “hech kimni orqada qoldirmaslik” tamoyiliga muvofiq himoya qilishni taʼminlash kabi bir qator muhim masalalar yuzasidan davlat hokimiyati, boshqaruvi organlari hamda fuqarolik jamiyati institutlarining oʻzaro hamkorligi va samaradorligini mustahkamlash, bu borada yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etishda NNTlarning oʻrni va rolini oshirish  masalalari qizgʻin muhokama etildi.

Milliy forum yakunida muhokama qilingan masalalar natijasi boʻyicha inson huquqlarini taʼminlash hamda himoya qilishda davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining ijtimoiy sherikligini yanada kuchaytirish yuzasidan chora-tadbirlar majmui tasdiqlandi.

Ushbu chora-tadbirlar majmui mamlakatimizda erkin fuqarolik jamiyatini barpo etishda fuqarolik jamiyati institutlarini yanada faolligini oshirishga, davlat tashkilotlari bilan hamkorligini mustahkamlashga, bu orqali yuzaga kelayotgan muammolarni oʻz vaqtida barataraf etishga, va eng asosiysi, inson qadr-qimmatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

Forumda Mamlakatimiz mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan fuqarolik jamiyati institutlarining bir guruh  faollari hamda inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar, xorijiy mamlakatlar milliy institutlarining jonkuyarlari moddiy ragʻbatlantirildi.

Baxtiyor MASHARIPOV, Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi raisi oʻrinbosari

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.