Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi Nodavlat notijorat tashkilotlari rahbarlari uchun malaka oshirish kurslariga talabgorlar arizalarining qabuli boshlanganligini eʼlon qiladi.
Malaka oshirish joyi: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi
Malaka oshirish muddati: 2021 yil 22 noyabrdan 3 dekabrgacha
Qabul kvotasi (2021 yil uchun): 50 nafar NNT rahbari
Arizalarni qabul qilish muddati: 2021 yil 10 noyabrga qadar
Talab etiladigan hujjatlar roʻyxati:
— ariza (namunaga muvofiq);
— pasport nusxasi;
— obyektivka (namunaga muvofiq);
— NNT guvohnomasi nusxasi.
Hujjatlar uznntmamalaka@umail.uz elektron pochtasiga yuboriladi.
Oʻquv xarajatlari OʻzNNTMA tomonidan qoplanadi.
Oʻquvlar yakuni boʻyicha Akademiyaning maxsus sertifikati topshiriladi.
Aloqa: (55)-503-05-13, (97)-777-56-69, (99)-887-30-83
Kanal: @UzNNTMA1
Guruh: @UZNNTMA2