Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, Toshkent shahar hokimiyati hamda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridani NNTlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tashabbusi bilan “Toshkent shahar hokimiyati rahbariyatining hududiy NNTlar bilan ochiq muloqoti tashkil qilindi. Unda Toshkent shahar hokimligi, Shahar Adliya boshqarmasi, Shahar statistika boshqarmasi va soliq qoʻmitasi vakillari qatnashib, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillarini qiziiktirgan savollariga javob berdilar.
******
Kelgusi yil uchun ijtimoiy himoya sohasida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar yuzasidan davlatimiz rahbari boshchiligida videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda bir qator takliflar ilgari surildi. Xususan: kelgusi yil har bir tumanda bittadan namunaviy koʻcha qilinib, nogironligi borlar uchun qulay sharoit yaratiladi;
— 2025 yilda kambagʻallik yuqori mingta mahallada bittadan oilaviy bogʻcha faoliyati yoʻlga qoʻyiladi. Bogʻcha oʻrinlarini 15 foiziga kambagʻal oila farzandlari qabul qilinadi va bogʻcha toʻlovi qisman qoplab beriladi;
— harakati cheklangan bolalarga maktabga kelib-ketish xarajatini 75 foizini qoplash tizimini joriy qilish topshirildi;
— mental va jismoniy nuqsoni bor bolalarni oʻqitadigan 90 ta maxsus maktablar koʻp funksiyali maktabga aylantiriladi.
OYBEK ISOKOV, Nogironlar Assotsiatsiyasi rahbari
******
Fattoxon Mamadaliyev jamoat birlashmasi qoshida 2022-yilda “Daun” sindromi bilan tugʻilgan bolalarni ijtimoiylashuvini taʼminlash, qoʻllab-quvvatlash va ularning iqtidorlarini yuzaga chiqarish maqsadida “Quyosh nurlari» deb nomlagan ashula va raqs ansambili tashkil etildi. Ushbu ansanbilda 50 nafardan iborat bolajonlar raqs, vokal, pianino, dutor va doira chalishning sir-asrorlarini oʻrganib kelishmoqda. Bolajonlar poytaxtimizda Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan konsert dasturini namoyish etishdi.
******
gujum.uz