Nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining “Yoʻl xaritasi” tasdiqlandi

0
687
marta koʻrilgan.

Joriy yilning 26 aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi konferens-zalida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish boʻyicha Maslahat kengashining majlisi boʻlib oʻtdi.

Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish boʻyicha Maslahat kengashi rahbari A.Saidov boshchiligida oʻtkazilgan majlisda 2019 yilning birinchi choragi mobaynida Kengash va uning tarkibidagi komissiyalar tomonidan olib borilgan ishlar muhokama etildi. 

Shuningdek, majlisda 2019 yilga moʻljallangan “Jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida demokratik oʻzgarishlarni amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining roli va ahamiyatini, ijtimoiy faolligini oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” muhokama etilib tasdiqlandi.

Mazkur hujjatda Kengash faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha amalga oshiriladigan ishlar belgilanganligi, xususan, fuqarolik jamiyatining huquqiy-tashkiliy asoslarini yanada mustahkamlash, strategik yoʻnalishlarni qisqa va uzoq muddatli istiqbollarini yaratish, davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari oʻrtasida zamonaviy xamkorlik tizimini joriy etish, mazkur sohani  rivojlantirish boʻyicha fundamental va ilmiy-amaliy dasturlarini tayyorlash kabi chora-tadbirlar oʻz aksini topgan.

Majlis davomida hududlarda “Nodavlat notijorat tashkilotlari uylari”ni tashkil etish borasida olib borilayotgan ishlar va fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish maqsadida malakali mutaxassislarni tayyorlash masalalari ham muhokama etildi. 

        Hayotxon Qoʻchqorova  

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.