Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi
“Harakatlar strategiyasi, “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” Davlat dasturi ijrosida fuqarolik
jamiyati institutlarining faol ishtirokini taʼminlash”
mavzuida Davlat grantlari ajratish uchun 2-tanlovni
EʼLON QILADI
Tanlovga nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatini boshqa institutlarining quyidagi maqsadlarni nazarda tutgan ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalari qabul qilinadi:
1.Joylarda bandlikni taʼminlashda, kambagʻallikni bartaraf etishda, ayniqsa, yoshlarni va ayollarni kasbga yoʻnaltirishda davlat organlari bilan ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish;
2.Uy xoʻjaligi asosida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishda NNTva fuqarolik jamiyati institutlarining faolligini qoʻllab-quvvatlash;
3.Olis, togʻli va chegara hududlarida aholiga sifatli ijtimoiy xizmatlar koʻrsatishning innovatsion chora-tadbirlarini amaliyotga joriy etish;
4.Mahallalarda band boʻlmagan aholini, ayniqsa xotin-qizlar va yoshlarni hududning xususiyatidan kelib chiqib, ularning iqtisodiy, moliyaviy va biznes sohasidagi koʻnikmalarini yuksaltirish hamda tadbirkorlikning turli sohalariga keng jalb qilish;
5.Mahallalarni ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy rivojlantirishga qaratilgan mahalliy rivojlanish dasturlarini davlat organlari bilan hamkorlikda amalga oshirish;
6.Hududlarning oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib kam taʼminlangan va daromadi past aholi qatlamini aniqlash, ularni ijtimoiy faolligini oshirish, aholida tadbirkorlik ruhini kuchaytirish, insonning ichki kuch-quvvati va salohiyatini toʻliq roʻyobga chiqarish;
7.Olis, togʻli va chegara hududlarida meva-sabzavotchilik, uzumchilik, urugʻchilik, chorvachilikni rivojlantirish orqali kambagʻallikni bartaraf etish;
8.Band boʻlmagan aholini kasbga qayta tayyorlash va ishsiz fuqarolarni zarur kasblarga oʻqitish hamda bandligini taʼminlash;
9.Olis qishloq hududlarida NNTlar tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar turlarini kengaytirish, aholining bandligi samaradorligini oshirish;
10.“Obod qishloq”, “Obod mahalla”, “Obod markaz” va boshqa Davlat dasturlaridagi vazifalarni amalga oshirishda NNT va fuqarolik jamiyati institutlarining faoliyatini qoʻllab-quvvatlash;
11.“Har bir oila tadbikor” Davlat dasturi doirasida aholini, ayniqsa ayollar va yoshlarni kasbga yoʻnaltirish, tadbirkorlikka jalb qilish, imtiyozli kreditlar bilan taʼminlashda NNTlarning tijorat banklari bilan ijtimoiy sherikligini kuchaytirish;
12.Yolgʻiz va koʻp bolali oilalar farzandlarini, ishsiz yoshlarni qoʻshimcha kasblarga (tikuvchilik, pazandalik, sartaroshlik va boshqa yoʻnalishlar) oʻrgatish kurslarini tashkil etish hamda bandligini taʼminlashga koʻmaklashish;
13.Mahalliy rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish orqali mahallalarda ijtimoiy korxonalarni tashkil etish hamda mehnat bozorida raqobatbardosh boʻlmagan aholi qatlamining bandligini taʼminlash;
14.Yolgʻiz va koʻp bolali ayollar, ishsizlar, yoshlar uchun mahallalarda yirik tadbirkorlik subyektlari bilan kasanachilik asosida masofadan turib ishlash (“frilansing”) imkoniyatlarini ommalashtirish;
15.Kam taʼminlangan va daromadi past aholi qatlamini aniqlash, ularni ijtimoiy faolligini oshirish, aholida tadbirkorlik ruhini uygʻotish, insonning ichki kuch-quvvati va salohiyatini toʻliq roʻyobga chiqarish;
16.Davlat dasturi ijrosi ustidan jamoatchilik nazorati mexanizmlarini joriy qilish;
17.“Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” Davlat dasturi ijrosining aniq natijalarni, islohotlar jarayonlarni xorijiy va mahalliy OAVlarida keng yoritish.
Davlat granti ajratish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
1. Tashkilot rahbari tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv xati;
2. www.fundngo.uz veb-saytida joylashtirilgan shaklda toʻldirilgan davlat granti loyihasi uchun ariza;
3. Oxirgi oʻzgartish va qoʻshimchalar bilan davlat roʻyxatidan oʻtgan NNTlar va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining Ustavi (Nizomi) nusxasi;
4. Tashkilotning davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi;
5. Agar loyihani amalga oshirish litsenziyalanadigan faoliyatni talab qilsa, unda litsenziyaning nusxasi;
6. Manfaatdor davlat va jamoat tashkilotlarining tavsiya hamda qoʻllab—quvvatlash xatlari.
Bitta loyiha uchun ajratiladigan grant miqdori – 40 million soʻmgacha.
Hujjatlar 2020 yil 15 apreldan 18 maygacha qabul qilinadi.
Hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNTlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi nomiga “Oʻzbekiston pochtasi” orqali yuboriladigan muhrlangan konvertlarda (A4 formatda) quyidagi manzil boʻyicha qabul qilinadi: 100035, Toshkent shahri, Bunyodkor koʻchasi, 1-uy.
Hujjatlarni taqdim etish shartlari va namunalari bilan Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining www.fundngo.uz rasmiy veb-saytida tanishish mumkin.
Maʼlumot uchun telefonlar: (0-371) 239-26-76, 239-26-86.