Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi:davlat grantlari ajratish uchun qoʻshimcha beshinchi tanlov

0
147
marta koʻrilgan.

“Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik!” gʻoyasi asosida fuqarolik jamiyati institutlarining maʼnaviy-maʼrifiy va targʻibot-tashviqot loyihalariga davlat grantlari ajratish uchun qoʻshimcha beshinchi tanlovni EʼLON QILADI

Tanlovga nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatini boshqa institutlarining quyidagi yoʻnalishlardagi ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalari qabul qilinadi:

  1. “Temir”, “Ayollar”, “Yoshlar” va “Mehr” daftarlariga kiritilgan shaxslarning siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy hayoti darajasini yaxshilashga koʻmaklashish.
  2. Davlat organlari faoliyatida ochiqlik va oshkoralikni kengaytirish, aholida maʼnaviy uygʻoqlik va ijtimoiy masʼullika asoslangan yangicha dunyoqarashni shakllantirish.
  3. Samarali ijtimoiy sheriklik asosida manzilli qoʻllab-quvvatlash daftarlariga kiritilgan shaxslarga shart-sharoit va imkoniyatlar yaratish.
  4. Keksalar, nogironlar, ogʻir ahvolga tushib qolgan insonlarni qoʻllab-quvvatlash, ularga mehr va muruvvat koʻrsatishda davlat organlariga koʻmaklashish.
  5. Mahalla, qishloq va ovullarning rivojlantirish nuqtalarini belgilashda ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik nazorati mexanizmlarini yoʻlga qoʻyish.
  6. Uy xoʻjaligini yangi ish oʻrinlari yaratishga va daromadlar manbaiga transformatsiyalash.
  7. Aql, ilm-fan, intellektual salohiyat, bilim va tajribani mahallalarning iqtisodiy rivojlantirish nuqtasi va resurs manbasiga aylantirish.
  8. Sogʻliqni saqlash sohasidagi korrupsiya holatlarini oldini olishga qaratilgan jamoatchilik nazoratining taʼsirchan mexanizmlarini joriy etish.
  9. Aholining tibbiy madaniyatini oshirishda va sogʻlom turmush tarzi tamoyillarini keng targʻib etishda jamoat tashkilotlari faolligini oshirish.
  10. Jamiyatda huquqiy va axloqiy saviyani, muloqot madaniyatini yuksaltirish, maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy-gumanitar sohada insonparvarlik ruhini kuchaytirish.
  11. Xalq bilan muloqotda hamda joylardagi muammolarini tizimli hal qilishda ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik nazorati mexanizmlarini kuchaytirish.
  12. Nuroniylarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, ularning boy tajribasi, foydali maslahatlarini yoshlarga chinakam tarbiya maktabi sifatida singdirish.
  13. “Obod qishloq”, “Obod mahalla”, “Yoshlar kelajagimiz”, “Har bir oila tadbirkor” kabi dasturlar ijrosida fuqarolik jamiyati institutlarining tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash.

Davlat granti ajratish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

  1. Tashkilot rahbari tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv xati. 
  2. www.foundngo.uz veb-saytida joylashtirilgan shaklda toʻldirilgan davlat granti loyihasi uchun ariza.
  3. Oxirgi oʻzgartish va qoʻshimchalar bilan davlat roʻyxatidan oʻtgan nodavlat notijorat tashkiloti va fuqarolik jamiyati boshqa institutining Ustavi (Nizomi) hamda guvohnomasining nusxalari.
  4. Agar loyihani amalga oshirish litsenziyalanadigan faoliyatni talab qilsa, unda litsenziyaning nusxasi.
  5. Manfaatdor davlat va jamoat tashkilotlarining tavsiya hamda qoʻllab-quvvatlash xatlari. 

Bitta loyiha uchun ajratiladigan grant miqdori – 50 million soʻmgacha. 

Hujjatlar 2021 yil 25 avgustidan -28 sentyabrigacha qabul qilinadi.

Hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi nomiga “Oʻzbekiston pochtasi” orqali yuboriladigan muhrlangan konvertlarda (A4 formatda) quyidagi manzil boʻyicha qabul qilinadi: 100035, Toshkent shahri, Bunyodkor koʻchasi, 1-uy. 

Hujjatlarni taqdim etish shartlari va namunalari bilan Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining www.fondngo.uz rasmiy veb-saytida tanishish mumkin. 

Maʼlumot uchun telefonlar: (0-371) 239-26-76, 239-26-86.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.