Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi: davlat ijtimoiy buyurtmasi tanlovi

0
109
marta koʻrilgan.

2021 yilda davlat organlarning ijtimoiy buyurtmanoma loyihalari asosida
NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga davlat ijtimoiy buyurtmasi tanlovini 
QAYTA EʼLON QILADI

(mln. soʻm)

Davlat organlari faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari, davlat ijtimoiy buyurtmasining maqsad va vazifalari

Soʻralayotgan mablagʻ

 

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi

 

1.               

Ustuvor yoʻnalish: Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi masalalarida jamoatchilik va fuqarolik jamiyati institutlari bilan mustahkam hamkorlikni taʼminlash.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 15 yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 29-sonli qarori.

Maqsad: Imkoniyati cheklangan bolalarni tabiat bilan uzviyligini taʼminlash.

Vazifa: Tabiatni oʻrganish inson kamolotining muhim omillaridan biri ekanligini anglash va tabiatdagi hodisalarning taʼsiri haqidagi bilim-koʻnikmalarni mustahkamlash.

100,0

 

2.               

Ustuvor yoʻnalish: Qattiq maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish masalalarida ekologik taʼlim va tarbiya tizimini rivojlantirish

Asos: 2019 yil 17 apreldagi “2019-2028 yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasida qattiq maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PQ-4291-sonli qaror

Maqsad: Chiqindilarni boshqarish masalasida aholi xabardorligini va individual masʼuliyatini oshirish

Vazifa: Chiqindilarni alohida saralash madaniyatini rivojlantirish, qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish yuzasidan xabardorligini oshirish va targʻib qilish.

400,0

 

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

 

3.               

Ustuvor yoʻnalish: Jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish

Asos: 2020 yil 29 iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6013-sonli farmon

Maqsad: Ommaviy axborot vositalari va blogerlarni korrupsiyaga qarshi kurashish sohasiga keng jalb etish.

Vazifa: Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida jurnalist va blogerlarning jurnalistik surishtiruvlarini tashkil etish boʻyicha bilim va koʻnikmalarini oshirish.

200,0

 

4.               

Ustuvor yoʻnalish: Jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish.

Asos:2020 yil 29 iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6013-sonli farmon

Maqsad: Korrupsiyaga oid xavf-xatarlar yuqori boʻlgan sohalar hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash va tahlil qilish.

Vazifa: Butun respublika boʻylab fuqarolar oʻrtasida korrupsiyaning hayotga taʼsirini baholash, hududlar va sohalar boʻyicha korrupsiya darajasi, sabablari va shart-sharoitlarini aniqlash va tahlil qilish.

300,0

 

 

Jami 4 ta loyiha

1 000,0

 

         

Ijtimoiy ahamiyatga molik boʻlgan loyihani amalga oshirishda davlat ijtimoiy buyurtmasining shartlari:

— ijrochi-tashkilot belgilangan tartibda NNT sifatida roʻyxatdan oʻtgan boʻlishi zarur;

— davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish doirasida amalga oshiradigan faoliyatning ijrochi-tashkilotning ustavidagi vazifalarga muvofiqligi;

— ijrochi-tashkilotda loyihani amalga oshirish uchun zarur boʻlgan tashkiliy, kadrlar va texnik imkoniyatning mavjudligi;

— ijrochi-tashkilotda ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalar va dasturlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish borasidagi tajribaning mavjudligi;

— loyihani amalga oshirish haqidagi shartnomani sifatli va oʻz vaqtida bajarish, uni amalga oshirish vaqtida ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanishni, ochiqlik va oshkoralikni taʼminlash, amaldagi qonun hujjatalariga toʻliq rioya etish.

Davlat ijtimoiy buyurtmasi berilishi uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi zarur:

  1. Ariza taqdim etayotgan NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutining rahbari imzosi va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv xati;
  2. Jamoat fondining fondngo.uz rasmiy veb saytida joylashtirilgan shaklda toʻldirilgan davlat ijtimoiy buyurtmasi loyihasi uchun ariza;
  3. Oxirgi oʻzgartish va qoʻshimchalar bilan davlat roʻyxatidan oʻtgan NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarining Ustavi (Nizomi) nusxasi;
  4. Tashkilotning davlat roʻyxatidan oʻtganligini tasdiqlovchi guvohnoma nusxasi;
  5. Agar loyihani amalga oshirish litsenziyalanadigan faoliyatni talab qilsa, unda litsenziyaning nusxasi taqdim etiladi.

Hujjatlar 2021 yil 25 avgustidan 28 sentyabrigacha qabul qilinadi. Taqdim etilgan muhim ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalar Jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi va natijalari eʼlon qilinadi.

Hujjatlar «Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash Jamoat fondi» nomiga «Oʻzbekiston pochtasi» orqali muhrlangan konvertda (A4 format) quyidagi manzil boʻyicha qabul qilinadi: 100035, Toshkent shahri Bunyodkor koʻchasi 1-uy.

Hujjatlarni taqdim etish shartlari va namunalari bilan Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining fondngo.uz rasmiy veb saytida tanishish mumkin.

Maʼlumot uchun telefonlar: (0-371) 239-26-76, 239-26-86.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.