“Milliy tiklanishdan-milliy yuksalish sari” shiori ostida yoshlarni ona yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda tashabbuskorlik, fidoyilik, axloqiy fazilatlarni shakllantirish” mavzuida Davlat grantlari ajratish uchun 3-tanlovni EʼLON QILADI.
Tanlovga nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatini boshqa institutlarining quyidagi maqsadlarni nazarda tutgan ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalari qabul qilinadi:
- NNT va fuqarolik jamiyati institutlarining yoshlarni maʼnaviy va maʼrifiy saviyasini doimiy yuksaltirishga qaratilgan faoliyatini qoʻllab-quvvatlash.
- Yoshlarni zamonaviy bilimlarni oʻzlashtirishi, chinakam maʼrifat va yuksak madaniyat egasi boʻlishiga koʻmaklashish.
- Nogironligi boʻlgan yoshlar bandligini taʼminlash, ularning daromadlari manbalarini koʻpaytirish, ijtimoiy korxonalar, oilaviy tadbirkorlik va uy xoʻjaligini keng rivojlantirishda NNTlar faolligini oshirish.
- Yoshlarni chuqur bilim, yuksak maʼnaviyat va madaniyat egasi etib tarbiyalash, ularning malakasini xalqaro mehnat bozori talablariga moslashtirish.
- Maʼnaviy barkamol shaxsni tarbiyalashga, yosh avlodning intellektual salohiyatini yuksaltirishga, yoshlar orasida kitob oʻqish madaniyatini shakllantirishga koʻmaklashish.
- “Jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashgan mutafakkirlar” mavzusida buyuk ajdodlarimizning vatanparvarlik, millatparvarlik va taraqqiyparvarlik sohasidagi maʼnaviy-maʼrifiy merosini yoshlar ongiga yetkazish.
- Choʻl hududlardagi ovullarda, togʻli va chegara hududlarida kitobxonlikni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash.
- Mahallalarda madaniyat markazi va istirohat bogʻlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish, xalq ogʻizaki ijodi, folklor dastalar faoliyatini yoʻlga quyish, ularga yoshlarni keng jalb qilish.
9.“Oʻz bolangizni, oʻz uyingizni, oʻz Vataningizni koʻz qorachigʻidek asrang!” degan shiorni fuqarolar qalbidan chuqur joy olishini taʼminlash.
- Aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini keng qaror toptirish, ommaviy sportni rivojlantirish.
- Joylarda ommaviy hamda milliy sport uyinlarini va turlarini rivojlantirish, ularni ajdodlardan avlodlarga yetkazish maqsadida yoshlarni keng jalb qilish.
- Aholi, ayniqsa yoshlar orasida amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik va islohotlarni keng targʻib qilish.
- Yoshlar orasida ijtimoiy tadbirkorlikning asoslarini keng targʻib etish, yoshlar qatlamining moliyaviy savodxonligini oshirish, moliyaviy xizmatlardan foydalanadigan yosh isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish.
- Yosh qizlarni har tomonlama sogʻlom, yuksak bilimli va maʼnaviyatli onalar etib tarbiyalashda, ularni mustaqil hayotga tayyorlashda oilaning, keksa avlod vakillarining, xotin-qizlar faollarining, muallima va murabbiyalarning taʼsirini oshirish.
- Yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, ular ongiga va qalbiga ajdodlarimizning buyuk merosi va umuminsoniy qadriyatlarni singdirish.
Davlat granti ajratish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
- Tashkilot rahbari tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv xati.
- www.fundngo.uz veb-saytida joylashtirilgan shaklda toʻldirilgan davlat granti loyihasi uchun ariza.
- Oxirgi oʻzgartish va qoʻshimchalar bilan davlat roʻyxatidan oʻtgan NNTlar va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining Ustavi (Nizomi) nusxasi.
- Tashkilotning davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi.
- Agar loyihani amalga oshirish litsenziyalanadigan faoliyatni talab qilsa, unda litsenziyaning nusxasi.
- Manfaatdor davlat va jamoat tashkilotlarining tavsiya hamda qoʻllab-quvvatlash xatlari.
Bitta loyiha uchun ajratiladigan grant miqdori – 40 million soʻmgacha.
Hujjatlar 2020 yil 22 iyundan 25 iyulgacha qabul qilinadi.
Hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNTlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi nomiga “Oʻzbekiston pochtasi” orqali yuboriladigan muhrlangan konvertlarda (A4 formatda) quyidagi manzil boʻyicha qabul qilinadi: 100035, Toshkent shahri, Bunyodkor koʻchasi, 1-uy.
Hujjatlarni taqdim etish shartlari va namunalari bilan Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining www.fundngo.uz rasmiy veb-saytida tanishish mumkin.
Maʼlumot uchun telefonlar: (0-371) 239-26-76, 239-26-86.