“Inson manfaatlari hamma narsadan ustun” – qonun ustuvorligi va jamoatchilik nazoratini taʼminlashda demokratik institutlarining faolligini qoʻllab-quvvatlash mavzuida Davlat grantlari ajratish uchun 4-tanlovni EʼLON QILADI
Tanlovga nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatini boshqa institutlarining quyidagi maqsadlarni nazarda tutgan ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalari qabul qilinadi:
- Inson huquqlari va erkinliklariga rioya qilish holatini oʻrganish, tahlil qilish va umumlashtirish, inson huquqlarini himoya qilish sohasida davlat organlari bilan ijtimoiy sheriklikni yoʻlga quyish.
- Konstitutsiya va qonun ustuvorligini taʼminlash, ularni puxta bilish, ijrosini toʻgʻri tashkil etish hamda jamiyat aʼzolari qatʼiy amal qilishini taʼminlashga koʻmaklashish.
- “Adolat — qonun ustuvorligida” tamoyilini jamiyat hayotida keng qaror toptirishga koʻmaklashish, jamiyatda inson huquq va erkinliklarini hurmat qilish madaniyatini shakllantirish orqali mamlakatning xalqaro nufuzini yanada yuksaltirish.
- Aholi bilan ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyishning yangi samarali mexanizmlari va usullarini joriy etish, qonun buzilishining salbiy oqibatlariga qarshi kurashish, qonun ustuvorligini taʼminlashda kuchli jamoatchilik nazoratini shakllantirish.
- Shahar va qishloqlarimiz qiyofasini oʻzgartirish, qurilish va obodonchilikka oid qarorlarni mahalliy darajada muhokama qilishni hamda jamoatchilik ekspertizasidan oʻtkazishni yoʻlga quyish.
- Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari, moliya, bank, taʼlim, sogʻliqni saqlash, kommunal xoʻjalik, energetika va transport sohalaridagi jamoatchilik kengashlari faoliyatini kuchaytirish.
- Ochiqlik va oshkoralik tamoyillarini kuchaytirish, soʻz erkinligi, axborot olish va tarqatishga oid konstitutsiyaviy normaning ijrosini amalda toʻliq taʼminlash
- “Huquqni anglash masʼuliyat hissini rivojlantiradi” degan hikmat asosida jamiyatda fuqarolarimizning huquqiy bilimi, ongi va madaniyatini, huquqiy savodxonligini, masʼuliyati va majburiyatiga jamoatchilik taʼsirini oshirish.
- Jamiyatda inson huquq va erkinliklarini hurmat qilish madaniyatini shakllantirishda ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish.
- Voyaga yetmaganlar va yoshlar oʻrtasidai huquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini oʻz vaqtida bartaraf etishga koʻmaklashish.
- Davlat organlarining ommaviy axborot vositalari, Internet, ijtimoiy tarmoqlar, blogerlar bilan yaqin ijtimoiy hamkorligini yoʻlga quyish.
- OAVlarida, internet tarmoqlarida adolat tantanasi, qonuniy haq-huquqlarning tiklanishi haqida qiziqarli koʻrsatuvlar, seriallar, badiiy filmlar, teatr asarlari yaratish.
- OAVlarida, ijtimoiy tarmoqlarda inson huquq va erkinliklariga amal qilinishini taʼminlash, har bir shaxsning qadr-qimmatini eʼzozlash haqidagi bugungi kun qahramonlari obrazlarini yaratish
Davlat granti ajratish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
- Tashkilot rahbari tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv xati.
- www.fundngo.uz veb-saytida joylashtirilgan shaklda toʻldirilgan davlat granti loyihasi uchun ariza.
- Oxirgi oʻzgartish va qoʻshimchalar bilan davlat roʻyxatidan oʻtgan NNTlar va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining Ustavi (Nizomi) nusxasi.
- Tashkilotning davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi.
- Agar loyihani amalga oshirish litsenziyalanadigan faoliyatni talab qilsa, unda litsenziyaning nusxasi.
- Manfaatdor davlat va jamoat tashkilotlarining tavsiya hamda qoʻllab-quvvatlash xatlari.
Bitta loyiha uchun ajratiladigan grant miqdori – 40 million soʻmgacha.
Hujjatlar 2020 yil 22 iyundan 25 iyulgacha qabul qilinadi.
Hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNTlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi nomiga “Oʻzbekiston pochtasi” orqali yuboriladigan muhrlangan konvertlarda (A4 formatda) quyidagi manzil boʻyicha qabul qilinadi: 100035, Toshkent shahri, Bunyodkor koʻchasi, 1-uy.
Hujjatlarni taqdim etish shartlari va namunalari bilan Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining www.fundngo.uz rasmiy veb-saytida tanishish mumkin.
Maʼlumot uchun telefonlar: (0-371) 239-26-76, 239-26-86.