Ommaviy axborot vositalarida “Demokratiya va inson huquqlari” mavzusi

0
290
marta koʻrilgan.

Xorazm viloyatida 3 avgust kuni “Demokratiya va inson huquqlari” nodavlat instituti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda sudyalar oliy Kengashi bilan hamkorlikda “Oʻzbekiston sud-huquq idoralari faoliyati hamda fuqarolarning huquqiy islohotllarga oid xabardorligini oshirishda ommaviy axborot vositalarining roli” mavzusida seminar-trening oʻtkazildi.

Seminar-treningda tumanlardagi adliya boʻlimlari rahbarlari, huquq-tartibot idoralari vakillari, viloyatda faoliyat yuritayotgan ommaviy axborot vositalari vakillari, “Demokratiya va inson huquqlari” Institutining viloyat filiali xodimlari ishtirok qilishdi.

Tadbirda mamlakatimizdagi sud-huquq islohotlari, xususan Xorazm viloyatidagi sud idoralarining va ommaviy axborot vositalari olib borayotgan ishlari tahlil qilinib, oʻzaro tajriba almashildi.
“Demokratiya va inson huquqlari” Instituti direktori S.Xodjayeva, Oʻzbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultyeti professori, filologiya fanlar doktori, “Demokratiya va inson huquqlari” Institutining ekspert guruhi rahbari Yo.Mamatova, viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari F.Eshnazarov va viloyat matbuot va axborot boshqarmasi boshligʻi D.Bekchanovalar tabrik soʻzi bilan chiqdilar.

Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan kichik guruhlar tashkil qilinib “Sud, adliya, prokuratura hamda ichki ishlar organlari faoliyati ochiqligini taʼminlashda anʼanaviy va yangi OAV roli”, “OAV da huquqiy mavzuni yoritishning shakl va usullari”, Jurnalist surishtiruvini amalga oshirish tamoyillari”, “Huquqiy mavzuni yoritishda jurnalist faoliyatining ahloqiy meʼyorlari” mavzularida muzokaralar olib borilib, sud-huquq organlari va OAV oʻrtasidagi keng hamkorlik boʻyicha qoʻshimcha media rejalar ishlab chiqildi.

Seminar-trening oʻzaro qizgʻin savol-javoblar asosida boʻlib oʻtdi.

Elyor Palvanov,
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Urganch filiali talabasi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.