“Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishonlari topshirildi

0
181
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan Prezidentimiz farmoniga asosan, mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ilmiy, maʼnaviy salohiyatini yuksaltirish, mudofaa qudratini oshirishga munosib hissa qoʻshib kelayotgan yurtdoshlarimizdan bir guruhi  esdalik nishoni bilan taqdirlanishdi.

Poytaxt hokimligida boʻlib oʻtgan taqdirlash marosimida Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev tuman hokimlari, hokimlik tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlar, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlarining ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy va boshqa sohalardagi faolligini hamda samarali mehnatini eʼtirof etib, ularga “Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishonlarini topshirdi.

Ular safida borligimdan bagʻoyat xursandman. Ushbu eʼtirof kayfiyatimizga kayfiyat, gʻayratimizga gʻayrat qoʻshdi. Yanada samaraliroq ishlashga daʼvat qildi.

Azizlar, bayram shukuhi davom etmoqda.  Barcha yurtdoshlarimizni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi bilan qutlayman!  Yurtimizga tinchlik, osoyishtalik, qut-baraka tilayman.

Hayotxon Qoʻchqorova,  Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi Jamoat fondi direktori  

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.