Parlament komissiyasining yigʻilishi boʻlib oʻtdi

0
238
marta koʻrilgan.

Joriy yilning 24 may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasining yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Parlament komissiyasi tomonidan davlat dasturlarini bajarishda NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarini faol ishtirokini qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar izchillik bilan hamkorlikda amalga oshilayotganligi taʼkidlandi. Shuningdek, Parlament komissiyasining aʼzolari joriy yilning 5 aprelidan 15 apreliga qadar respublikamiz hududlarida Xalq deputatlari mahalliy kengashi huzuridagi Ijtimoiy sheriklik boʻyicha jamoat komissiyalari bilan xamkorlikda oʻtkazilgan tadbirlar yuzasidan ishtirokchilarga maʼlumot berib oʻtildi.

Shuningdek, yigʻilish davomida NNT, OAV va fuqarolik jamiyati boshqa institutlari, Ijtimoiy sheriklik boʻyicha jamoat komissiyalari aʼzolari bilan muloqotni kuchaytirish istiqbollari muhokama etildi hamda Parlament komissiyasi aʼzolarining joylarga chiqish boʻyicha vazifalari belgilab olindi.

Tadbir davomida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti va Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari Milliy assotsiatsiyasi tomonidan 2018 yil davomida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisobotlari tinglandi.

Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti direktori R.Kamilov Institut Davlat dasturining 6ta tegishli bandlari, 27ta qonun hujjatlari loyihasini tayyorlashda qatnashganligini taʼkidlab oʻtdi.  “Obod qishloq”, “Obod mahalla” va korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha davlat dasturlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning joylardagi ijrosini taʼminlanishi boʻyicha monitoring ishlari olib borilganligi aytib oʻtildi. Institut Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish boʻyicha Maslahat kengashi faoliyatini tashkiliy jihatdan taʼminlash va “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun” koʻkrak nishoni  bilan taqdirlangan 77 nafar fuqarolik jamiyati institutlari vakillariga koʻkrak nishonini tantanali topshirish marosimini yuqori saviyada tashkil etganligi taʼkidlandi.

Institutning maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda, aholining huquqiy savodxonligi va madaniyatini yuksaltirish, qabul qilinayotgan qonunlarning mazmuni va mohiyatidan fuqarolar xabardorligini oshirish boʻyicha 170dan ziyod tadbirlar  oʻtkazilgan boʻlib ularda oʻn toʻrt mingdan ortiq  nafar fuqarolarning ishtiroki taʼminlangan. Shuningdek, Institut xodimlari tomonidan  110ta axborot-tahliliy materiallar tayyorlangan, 3ta qoʻllanma  nashr etilgan. OAVda ikki yuzdan ziyod maqollar chop etilgan. 

Yigʻilish davomida  “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, FJSHMQMI va OʻzNNTMAga hududiy boʻlinmalar faoliyatini kuchaytirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, oʻtkazilayotgan tadbirlar samaradorligini oshirish hamda aniq manzilli va maqsadliligini taʼminlash yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

Xayotxon Kuchkarova

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.