TOJDOR VIRUS VAKSINASI – OGOHLIK SARI QADAM 

0
165
marta koʻrilgan.

Salomatlik tuman boylik. Bu fikrning ahamiyatini soʻnggi paytlarda yurtimizda hukm surgan pandemiya davrida ayniqsa, koʻproq angladik, his etdik.

Kuni kecha Oʻzbekiston jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi tomonidan Covid-19 ga qarshi vaksina va uning taʼsir kuchi yuzasidan oʻtkazilgan tadbirda ana shu jihatlarga alohida eʼtibor qaratildi.

Ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokida kechgan davra suhbatini Yunisef jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimining boshligʻi Sitsi Sneze ochib berdi. Sitsi xonim bugun dunyo hamjamiyatiga katta xavf solgan va solayotgan virusning oqibatlari, davlatlarning ijtimoiy, sotsial hayotidagi evrilishlar, shuningdek insonlarning tibbiy va ruhiy salomatligiga koʻrsatgan salbiy taʼsiri haqda toʻxtalab ekan, bu borada jurnalistlarning olib borgan jonbozligini, fidoyiligini ham taʼkidladi. 

Seminar davomida Respublika sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati xodimlari Vazira Moʻminova va Nasiba Toirovalar Covid-19ga qarshi vaksinalar mavzusini yoritish boʻyicha guruhlarda qanday ishlash haqida maʼruzalari orqali yoʻllanma berishdi. Shuningdek, jurnalistlar Nargis Qosimova va Anora Sodiqovalar mamlakatimizda virusning ommaviy axborot vositalarida yoritilishi tahlili yuzasidan oʻz fikrlarini bildirishdi.

Mulohazalar doirasida virusga qarshi vaksina qay darajada samara bermoqda, ayni paytda Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilgʻor texnologiyalar markazi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan Xitoyning Anhui Zhifei Loncom Biofarmaceutical kompaniyasida ishlab chiqarilgan ZF2001 rekombinant vaksinasining III faza klinik sinovlari amalga oshirilayotganligi hamda bu jarayonda 18 yosh va undan yuqori boʻlgan koʻngilli fuqarolar ishtirok etayotgaligi, yangi viursdan ogoh boʻlishning tibbiy, ijtimoiy ahamiyati haqida fikrlar almashildi.

Nargiza ASADOVA  

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.