OʻzNNTMA majlislar zalida mamlakatimizda joriy yilning 30 aprel kuni oʻtkazilishi belgilangan umumxalq referendumini targʻib qilish boʻyicha tuzilgan Toshkent shahar NNTlari targʻibotchilari guruhining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda «Referendum toʻgʻrisida»gi qonunidan kelib chiqib, umumxalq referendumida OʻzNNTMA Toshkent shahar hududiy boʻlinmasi targʻibotchi guruhining amalga oshirilgan ishlari xususida gapirildi.
Targʻibotchi guruhi aʼzolari NNTlar tomonidan kelgusi vazifalar bajarilishi kerak boʻlgan vazifalar xususida fikr-mulohazalar bildirishdi.
Tadbir soʻngida targʻibot guruhi tomonidan poytaxt NNTlari xodimlari va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida oʻtkaziladigan targʻibot tadbirlarining mazmun-mohiyati haqida kelishib olindi.
Dilmurod Izzatov, OʻzNNTMA Toshkent shahar hududiy boʻlinmasi boshligʻi