Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi Ijtimoiy sheriklik boʻyicha jamoat komissiyasi va Jamoat fondi faoliyatidan

0
160
views

Bugun Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi Ijtimoiy sheriklik boʻyicha jamoat komissiyasi va Nodavlat-notijorat tashkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash Jamoat fondining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Yigʻilishni Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi Ijtimoiy sheriklik boʻyicha jamoat komissiyasi raisi V. Alimova boshqardi.

Tadbir avvalida Ijtimoiy sheriklik boʻyicha jamoat komissiyasi va Nodavlat-notijorat tashkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash Jamoat fondining 2024-yil 1-choragi uchun faoliyati yuzasidan maʼlumot berildi.

Soʻngra 2024-yilda davlat byudjetidan ajratilayotgan mablagʻlar hamda 2024-yil uchun  eʼlon qilingan “Aholi oʻrtasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda davlat va nodavlat tashkilotlarining ijtimoiy hamkorligi”  davlat grantining 1-tanloviga kelib tushgan loyihalar haqida soʻz yuritilib, muhokama etildi.

Yigʻilish yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan savol-javoblar, taklif va tavsiyalar tinglandi.

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here