Toshkent shahar adliya boshqarmasining tuman boʻlimi majlislar zalida mahalliy NNT vakillari hamda Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari ishtirokida «Yangilanayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda OʻzNNTMAning Toshkent shahar hududiy boʻlinmasi boshligʻi D.Izzatov tomonidan yangilanayotgan Konstitutsiyamiz, kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar haqida axborot berildi. Xalq va jamiyat – oʻzgarish va islohotlar tashabbuskori ekanligi taʼkidlandi. Yangi huquqiy atamalarga sharh berildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar 30 aprel kuni oʻtkazilishi belgilangan umumxalq referendumida faol ishtirok etishlarini maʼlum qildilar.
GUJUM.UZ