“Yangi Oʻzbekiston” tushunchasining mazmun –mohiyati

0
1223
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari Milliy assotsiatsiyasi  tashabbusi bilan “Sharq ayoli” xalqaro ayollar jamoat fondi konferens zalida “Yangi Oʻzbekiston” tushunchasining mazmun –mohiyati “ mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Maʼlumki, keyingi besh yil davomida mamlakatimizda keng miqyosdagi demokratik oʻzgarishlar, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy islohotlar amalga oshirilmoqda. “Yangi Oʻzbekiston” degan tushuncha real voqelikka aylanmoqda.

Ushbu mavzuga bagʻishlangan yigʻilishni OʻzNNTMA Kengashi raisi oʻrinbosari Baxtiyor Masharipov qisqacha kirish soʻzi bilan ochdi. Soʻngra maʼruza uchun soʻzni OʻzNNTMA boʻlimi boshligʻi Rustam Saidovga berdi. Maʼruzachi Oʻzbekiston Respublikasining “Yangi Oʻzbekiston” gazetasiga bergan intervyusining tarixiy ahamiyatini  batavsil sharhlab berdi.

Prezident tashabbusi bilan boshlangan  “Yangi Oʻzbekiston” gʻoyasi zamirida ulugʻ va buyuk ajdodlarimizning, milliy tariximizda Birinchi va Ikkinchi uygʻonish davrlariga asos solgan alloma bobolarimizning orzu-intilishlari va armonlari ham mujassamligini taʼkidladi.

 1991 yil 31 avgustda muqaddas orzusiga erishib, oʻz davlat mustaqilligini qoʻlga kiritgan ozod va erkin hayot, adolatli jamiyat barpo etishdek ulkan maqsadni oʻz oldiga qoʻygan va konstitutsiyaviy davlat barpo qilgan xalqimizning yangi bosqichdagi yangi maqsadu intilishlari va uni amalga oshirishda  mamlakatimiz prezidenti belgilab bergan vazifalar va nodavlat notijorat tashkilotlari oldida  turgan masʼuliyat haqida  birma bir gapirib berdi.

Tadbirda “Sharq ayoli” xalqaro ayollar jamoat fondi rahbari Saodat Tursunboyeva, Oʻzbekiston internet tadbirkorlari va elektron savdo assotsiatsiyasi boshqaruv hayʼati aʼzosi Umed Burxanov, “Millennium” nogiron yoshlarning ijtimoiy-huquqiy tiklanish markazi rahbari  Guljahon Mahmadqulova, «Madad» huquqiy markazi rahbari Toʻlqin Mirzayev va “Sogʻlom ona va bola” markazi  rahbari Raʼno Zaripova davlatimiz rahbarining jurnalist savollariga javobidan kelib chiqib, oʻz   tashkilotlari oldida turgan vazifalar haqida gapirishdi.

Tadbir qiziqarli va savol-javoblarga boy tarzda kechdi.

GUJUM.UZ

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.