Ayni kunlarda Toshkent viloyati Bustonlik tumanida joylashgan Olmos oromgohida Oʻzbekiston Adliya vazirligi hamda Respublika Nogironlar jamiyati hamkorligida “BIZ BIRGAMIZ” shiori ostida tadbir boʻlib oʻtmokda.
Unda respublikamizning barcha viloyatlaridan kelgan jismoniy imkoniyati cheklangan bolalar ishtirok etmokdalar. Turli mavzuda suhbatlar va turfa qiziqarli tanlovlar oʻtkazilmoqda. Imkoniyati cheklanganlar ham dam olib ham turfa sohada oʻz isʼtedodini namoyon etib, xursand boʻlmoqdalar. Darhaqiqat, koʻngli yarimning koʻnglini olmoq Kaʼba ziyoratiga tengdir.
Tadbirga Yaponiya adliya vazirligi delegatsiyasi tashrif buyurib, hamkorlikda ishlash maqsadida oʻz takliflarini bildirishdi.
Dildora MAVLYANOVA