Yil quvonchlari: “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun” koʻkrak nishonining ilk sohiblari

0
315
marta koʻrilgan.

Bu yilgi quvonchli voqealardan biri – “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun” koʻkrak nishoni joriy etilganidir.

Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini rivojlanishiga oʻzining munosib hissasini qoʻshib kelayotgan bir guruh fidoyi insonlar ushbu koʻkrak nishonining ilk sohiblari boʻlishdi. Ular safida Umidaxon Xalbekova ham bor.

Umidaxon Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondida 2013 yildan beri faoliyat yuritib, sohaga oid normativ huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda, Parlament komissiyasi va jamoat fondi tomonidan tashkil etiladigan tadbirlar, yigʻilishlarni tashkillashtirish va oʻtkazishda faol ishtirok etdi. Parlament komissiyasi hujjatlarini tayyorlashda, ularni oʻz vaqtida ijrosini taʼminlashda munosib  hissa qoʻshdi.

Oʻtgan yillar davomida  jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilgan NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga axboriy koʻmagi  va maslahatlarini ayamadi.

Ochiqlik, oshkoralik va shaffoflik tamoyillarini amalda qaror toptirish maqsadida Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi tomonidan OAVlar– televideniye, radio, internet, bosma OAV va boshqalar bilan hamkorlikda ishlar olib borishda ishtirok etdi.

– Bu mukofot nafaqat meni mehnatlarimning eʼtirofi balki, fondimiz fidoyilariga boʻlgan katta eʼtibor, ulugʻvor mukofot deb hisoblayman,– deydi Umidaxon Xalbekova

“Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun” koʻkrak nishonining ilk sohiblaridan biri Umidaxon Xalbekovani hukumatimiz tomonidan berilgan hayotidagi ilk mukofoti  bilan muborakbod etamiz.

R. SAPAYEVA

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.