100 000 soʻm boʻlgan banknot muomalaga chiqariladigan sana maʼlum qilindi

0
106
views
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki 2019 yilning 25 fevralidan boshlab qiymati 100 000 soʻm boʻlgan banknot koʻrinishidagi yangi pul belgisi muomalaga chiqarilishi toʻgʻrisida maʼlum qiladi.
 
Qiymati 100 000 soʻm boʻlgan banknotning mavzusi (tematikasi) buyuk oʻzbek olimi Mirzo Ulugʻbek faoliyati va uning astronomiya fanidagi yutuqlariga bagʻishlangan.
 
Banknotning oʻlchami 144 x 78 mm. boʻlib, maxsus himoyalangan qogʻozda chop etilgan.
 
 
PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here