Dunyoda kun sayin keskinlashib borayotgan ekologik muammolarni bartaraf etish uchun ekologik bilim yuqori boʻlmogʻi lozim. Shu bois ham har yili dunyoning koʻplab mamlakatlarida Ekologik bilimlar kuni nishonlanadi.
Bu kunni 1992-yil Rio-de-Janeyro shahrida oʻtkazilgan BMT konferensiyasida atrof-muhit muammolari muhokamasi chogʻida insoniyatning hayoti va barqarorligi uchun butun dunyo aholisi oʻrtasida ekologik bilimni targʻib etish maqsadida nishonlash taklif etilgan edi.
Ushbu sananing asosiy maqsadi – sayyoramiz aholisining ekologik bilimini boyitish gʻoyasini ilgari surish, aholida ekologik madaniyatni yuksaltirish, jamiyatning ekologik xavfsizligi haqida jamoatchilikning xabardorligini oshirish hamda har bir fuqaroni, jumladan yoshlarni tabiatga muhabbat, eʼzoz va eʼtibor ruhida tarbiyalashni targʻib etishdan iborat.
Mohira XODJAYEVA, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati